Yunusobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

© Oleg Prasolov / Mediabankka o‘tishChinovnik s portfelem
Chinovnik s portfelem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi saytida Abdusamatov hali-hamon rais sifatida ko‘rsatilgan

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov Toshkentning Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Raqobat qo‘mitasining sobiq rahbari Chilonzorga hokim etib tayinlandi

Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi saytida esa Abdusamatov hali-hamon rais sifatida ko‘rsatilgan. Qo‘mitadagilar hozircha Abdusamatovning ushbu lavozimni tark etgani va yangi lavozimga tayinlanganligi haqidagi hujjatni olmaganliklarini bildirishdi.

Baxtiyor Abdusamatov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. U Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ishlagan, 2011-2013 yillarda tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2013-yil dekabrdan buyon Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga rahbarlik qiladi.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0