Tomsk o‘quv yurtlari o‘zbek abituriyentlari uchun kirish imtihonlari o‘tkazadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishStudent v auditorii. Arxivnoe foto
Student v auditorii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
20-24 aprel kunlari Tomskdagi universitetlar vakillari Toshkentda kirish imtihonlari va "Ta’lim va kasb-2017" ko‘rgazmasida o‘z taqdimotlarini o‘tkazishadi

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Tomsk viloyat ma’muriyatining xabar berishicha, Tomsk davlat universiteti, Tomsk politexnika universiteti, Sibir davlat tibbiyot universiteti, Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti hamda Tomsk davlat pedagogika universiteti vakillari Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasida abituriyentlardan kirish imtihonlarini olishadi.

Uzbekskie studenti v posolstve RUz v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik talabalar soni oshishidan xursand bo‘lamiz - Tatariston prezidenti

Imtihon topshirish uchun bir necha yuz da’vogar ro‘yxatdan o‘tgan.

21-22 aprel kunlari barcha xohlovchilar "Ta’lim va kasb-2017" ko‘rgazmasi doirasida ta’lim dasturlari bilan tanishishlari va o‘quv yurtlari qabul komissiyalari vakillaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

Mazkur tashrif "Tomskda ta’lim ol" loyihasi doirasida Tomsk viloyati ma’muriyatining xalqaro va mintaqaviy aloqalar departamenti hamda fan va oliy ta’lim departamenti qo‘llab-quvvatlashi ostida amalga oshirilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0