Shov-shuv: buzilayotgan garajlar ostidan 38 mln AQSh $ topildi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent S1 mavzesida garajlar yoppasiga buzilib, ular o‘rniga zamonaviy ko‘pqavatli avtoturargohlar qurilishi haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda internet tarmoqlarida buzilayotgan garajlar ostidan 38 million AQSh dollari topilgani haqidagi xabar yashin tezligida tarqala boshladi

TOShKENT, 20 Sputnik. Buzilayotgan garajlar ostidan 38 million AQSh dollari topilgani haqidagi xabarni Uzbek MDK guruhi internet foydalanuvchilari o‘rtasida tarqatdi, deb xabar qildi dia.uz.

© dia.uzDollari SShA obnarujennie pri snose garajey
Dollari SShA obnarujennie pri snose garajey - Sputnik O‘zbekiston
Dollari SShA obnarujennie pri snose garajey

"Aholi hayratda. Feysbuk tarmog‘ida ko‘pincha oldi qochdi ma’lumotlar tarqatib kelgan va yaqindagina mahalliychiligi uchun keskin tanqidga uchragan Uzbek MDK guruhi o‘z sahifasida buzilayotgan garajlar ostida 38 mln AQSh dollari topilganini ma’lum qilib uch dona surat joylagan", — deb yozadi nashr.

"Hozirda Toshkentda garajlar buzilishi boshlangani sababli ko‘pchilik bu ma’lumotni aynan Toshkent hududida deb adashmoqda.

Aslida suratlarda Lotin Amerikasidagi davlat — Ekvadorning Guyaakil shahrida ro‘y bergan voqealar aks ettirilgan.

Guruh tomonidan shahar nomi ko‘rsatilgan bo‘lsada, ko‘pchilik uni Toshkentda bo‘lganlikda tahmin qilib adashmoqda", — deya qo‘shimcha qiladi nashr.

Yangiliklar lentasi
0