Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi davomida 20ta hujjat imzolanadi

© AFP / ANTONY DICKSON Kitayskiy i uzbekskiy flagi
Kitayskiy i uzbekskiy flagi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisining Xitoyga tashrifi davlat tashrifi maqomiga ega bo‘lib, tashrif davomida tomonlarning savdo va investitsiya sohasidagi munosabatlari muhokama qilinadi

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining shu yilning may oyi o‘rtalarida Xitoyga amalga oshirilishi mo‘ljallangan tashrifi davomida 20ta hujjat imzolanishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri tashqi ishlar vaziri Javlon Vahobovning so‘zlariga tayanib.

Tashqi siyosat mahkamasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, tashrif davlat tashrifi maqomiga ega bo‘lib, tashrif davomida tomonlarning savdo va investitsiya sohasidagi munosabatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, xavfsizlik, madaniy-gumanitar sohadagi masalalarga ham e’tibor qaratiladi.

Meva va sabzavotlar yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tez orada yirik eksportchiga aylanadi - Xitoy OAV

"Hujjatlar 20ta atrofida bo‘ladi. Ular orasidan bizning va Xitoy tomonining xo‘jalik yurituvchi subyektlari, korxonalari o‘rtasida tuziladigan ko‘plab tijorat shartnoma va kelishuvlari o‘rin olgan. Dasturda XXR raisi, Davlat kengashi a’zolari hamda yetakchi davlat korxonalari, yirik moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar rahbarlari bilan yuqori darajadagi muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan", — dedi u.

Uchrashuv va muzokaralardan tashqari O‘zbekiston prezidentining "Bir kamar — bir yo‘l" anjumanida ishtirok etishi rejalashtirilgan. XXR rahbariyati tomonidan olg‘a surilgan ushbu tamoyil, ayniqsa, Buyuk Ipak yo‘li iqtisodiy kamarini yaratish g‘oyasi O‘zbekiston tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan, deb ta’kidladi Vahobov.

"Biz nimani mo‘ljallamoqdamiz? Asosiy maqsadimiz —savdoni rivojlantirish, Xitoyga va bir kamar yo‘nalishida joylashgan mamlakatlarga yuqori qo‘shilgan qiymatdagi o‘zbek mahsulotlarini yetkazib berishda XXRning salohiyati, resurs va imkoniyatlaridan foydalanish. Biz shuningdek, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining investitsion vositalarini ishga solmoqchimiz, gap 100 milliard dollar haqida bormoqda hamda nizom jamg‘armasi 40 milliard dollarni tashkil etuvchi Ipak yo‘li fondi ham mavjud", — dedi u.

Vahobovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotning asosiy sohalarini rivojlantirishni moliyalashtirish uchun yangi kredit yo‘nalishlarini ochish, imtiyozli investitsiyalarni jalb etishni mo‘ljallamoqda, bular orasida infratuzilma, sanoatni rivojlantirish, respublikani mintaqada amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalariga faol jalb etish muhim o‘rin tutadi.

"Asosiysi, tashrif yakunlariga ko‘ra O‘zbek-Xitoy munosabatlarida yangi sahifa ochish, XXR bilan ikki yil ilgari o‘rnatilgan har tomonlama strategik hamkorlik yangi darajaga olib chiqilishiga erishmoqchimiz", — dedi Javlon Vahobov.

Yangiliklar lentasi
0