Toshkentda O‘zbekiston talabalarining Milliy ilmiy-ma’rifiy markazi tashkil etiladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishchitatelnitsa v biblioteke
chitatelnitsa v biblioteke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti, o‘rta-maxsus ta’lim maskanlari o‘quvchi va talabalari, professor-o‘qituvchilariga katta qulaylik yaratadi

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasi hududida quriladigan axborot-resurs markazi loyihasi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

Davlat rahbarining "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Uzbekskie studenti v posolstve RUz v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
2021 yilgacha O‘zbekiston oliygohlariga talabalar qabul qilish 18%ga oshiriladi

Talabalar shaharchasida qurilishi rejalashtirilayotgan axborot-resurs markazi ana shunday zamonaviy talablarga javob beradi. Markaz elektron-resurslar, davriy adabiyotlar, mutolaa, multimedia va konferensiya zallarini o‘z ichiga oladi.

Bu Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti, o‘rta-maxsus ta’lim maskanlari o‘quvchi va talabalari, professor-o‘qituvchilariga katta qulaylik yaratadi.

Prezident markaz loyihasi va konsepsiyasini takomillashtirish, uning qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Majmuani O‘zbekiston talabalarining Milliy ilmiy-ma’rifiy markazi tarzida tashkil etish, dunyo universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatish, xalqaro talablar darajasidagi kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning ilmiy anjumanlarini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0