O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda yetakchi, jahonda 48-o‘rinni egalladi

© IA "Jaxon"Voyennoslujashie armii Uzbekistana.
Voyennoslujashie armii Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyin 3-o‘rinni egallagan

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. "Global Firepower" portali jahonning harbiy salohiyati kuchli mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Reytingdagi dastlabki beshlikdan AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Fransiya o‘rin oldi.

Armiyada xizmat qilish uchun qanday sinovlardan o‘tish kerak - Sputnik O‘zbekiston
Armiyada xizmat qilish uchun qanday sinovlardan o‘tish kerak

Reytingga jami bo‘lib 127 mamlakat kiritilgan.

O‘zbekiston milliy armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jahon mamlakatlari orasida esa 48-o‘rinda qayd etildi.

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyin 3-o‘rinni egallagan.

Reytingda yadro qurollari va mamlakatning siyosiy-harbiy yetakchiligi hisobga olinmagan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0