01:06 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Verxovnыy komissar OON po pravam cheloveka Zeyd Raad al-Xuseyn

BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

FABRICE COFFRINI / AFP
Jamiyat
Havola olish
107 0 0

Zayd Raad al-Husayn Shavkat Mirziyoyevga Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yuksak eʼtibor qaratilayotgani va bu borada amaliy choralar koʻrilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi

TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husaynni qabul qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, Oʻzbekiston va BMT, ushbu nufuzli universal xalqaro tashkilot institutlari, shu jumladan, BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi oʻrtasida amaliy va ochiq muloqotni yanada rivojlantirish va mustahkamlash muhimligini alohida taʼkidladi.

Uchrashuvda oʻzaro hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashildi.

Zayd Raad al-Husayn Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul, Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yuksak eʼtibor qaratilayotgani va bu borada amaliy choralar koʻrilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi Oʻzbekiston bilan uzoq muddatli va tizimli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular