20:00 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
33120

Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyevning soʻzlariga koʻra, Islom Karimov nomi bilan ataladigan koʻcha qiyofasi butkul yangilanib, uning atrofida zamonaviy turar-joylar, Universal sport majmuasi va boshqa koʻrkam binolar barpo etiladi

TOSHKENT, 11 may — Sputnik. 2017 yil 10 may kuni xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Buxoro viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

"Viloyat hokimi Oʻktam Barnoyev tomonidan olib borilgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti, Oʻzbekiston Qahramoni Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Buxoro shahridagi markaziy koʻchalarni birlashtirib "Islom Karimov" nomini berish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi", — deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, deputatlar Buxoro shahridagi Abduxoliq Gʻijduvoniy koʻchasi hamda Oʻzbekiston Mustaqilligi koʻchasining Piridasgir koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan hudud nomini Islom Karimov koʻchasi nomiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifni bir ovozdan maʼqulladilar.

Kengash raisi Oʻktam Barnoyevning soʻzlariga koʻra, Islom Karimov nomi bilan ataladigan koʻcha qiyofasi butkul yangilanib, uning atrofida zamonaviy turar-joylar, Universal sport majmuasi va boshqa koʻrkam binolar barpo etiladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
Buxoro, Oʻzbekiston, Islom Karimov

Asosiy mavzular