Si Szinpin Qirg‘izistonni terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPredsedatel Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpin
Predsedatel Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy raisi ikki mamlakatda va hududda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish uchun terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytirish kerakligini ta’kidladi.

TOShKENT, 16-maya — Sputnik. XXR raisi Si Szinpin “Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” forumida ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyurgan Almazbek Atambayev bilan bo‘lgan uchrashuvi davomida Qirzig‘istonda terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytirish kerakligini ta’kidladi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

“Xitoy va Qirg‘iziston hududda xavfsizlikni taxminlaydigan muhim kuchlardir. Ikki mamlakatda va hududda barqarorlikni saqlash uchun, biz birgalikda terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytirishimiz kerak”, — dedi Si Szinpin.

Shuningdek, Xitoy rahbari Qirg‘iziston mustaqilligini, hududiy butligini, uning ichki va tashqi siyosatini hamda tanlagan yo‘lini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Atambayev o‘z navbatida Xitoyni ko‘p yillik qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildirib,  xavfsizlik, savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni kuchaytirishga va yirik infraqurilma loyihalarida qatnashishga tayyor ekanini bildirdi.

Bishkek shahrining janubiy qismida portlash yuz berdi - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda portlash yuz berdi

Ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvida, shuningdek Xitoy tomonidan Qirg‘iziston fuqarolariga turistik va biznes vizalar berish jarayoni murakkablashtirilgani ham muhokama qilindi. Xitoy TIVi, o‘z navbatida,  viza berish aynan  Qirg‘iziston fuqarolariga qarshi emas, terrorchi, ekstremist va separatistlarga qarshi yo‘naltirilganini xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Bishkekdagi Xitoy elchixonasiga xudkush-terrorchi hujum qilgan edi. Terrorchi ko‘p miqdorda portlovchi moddalar to‘ldirilgan mashinani elchixona hovlisiga haydab kirib portlatib yuborgan edi. Natijada, ikki nafar Qirg‘iziston fuqarosi turli jarohatlar olgan, lekin elchixona xodimlari zarar ko‘rmagan edi. Kuchli portlash oqibatida elchixona binosiy jiddiy shikastlangan edi. Ushbu voqeadan keyin Xitoy Qirg‘iziston fuqarolariga kirish viasi berishni bir necha oyga to‘xtatib qo‘ygan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0