BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonga keladi

© REUTERS / DENIS BALIBOUSEGeneralni sekretar OON Antoniu Guterresh
Generalni sekretar OON Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrifning maqsadi - O‘rta Osiyo muammolariga dunyo hamjamiyati diqqatini ko‘proq qaratishdir.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish terrorchilik va narkotiklar tarqalishi masalalarini muhokama qilish uchun iyun oyining boshida O‘rta Osiyo respublikalariga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda BMT preventiv diplomatiya hududiy markazi rahbari Petko Draganov.

"Iyun oyining birinchi yarmida BMTning yangi bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘rta Osiyo mamalkatlariga tashrif buyuradi", — dedi Draganov jurnalistlarga.

Orol dengizida kemalar qoldiqlari - Sputnik O‘zbekiston
Orol muammosi BMT bilan hamkorlikining asosi bo‘lib qoladi

Draganov xabariga ko‘ra, ushbu tashrif BMT preventiv diplomatiya hududiy markazi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Tashrifning maqsadi — O‘rta Osiyo muammolariga dunyo hamjamiyati diqqatini ko‘proq qaratishdir.

Shuningdek, Draganov so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashrif — BMTning hududdagi muammolarga bo‘lgan ulkat e’tibori va ushbu muammolarni hal qilishda yordam berishga bo‘lgan tayyorligining belgisidir.

BMT preventiv diplomatiya hududiy markazi — O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston tashabbusiga ko‘ra tashkil qilingan. Markazning asosiy maqsadi — terrorchilik va narkotiklar ishlab chiqarishga qarshi kurashda mavjud bo‘lgan kelishmovchiliklarni hal qilish, O‘rta Osiyo mamlakatlari tabiiy boyliklaridan adolatli foydalanish, Orol dengizi hududidagi ekologik talofotga qarshi birgalikda kurashishdir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0