Toshkent IIBB qoidabuzar "Spark" haydovchisiga deyarli 8 mln so‘m jarima yozdi

© Yuriy Korsunsev / Gazeta.uzDorojnoe dvijenie v Uzbekistane
Dorojnoe dvijenie v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi shaharda eng ko‘p qoida buzgan haydovchilarning yangi ro‘yxatini e’lon qildi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi qoidabuzar haydovchilar haqida ma’lumot berishda davom etmoqda. Bugun shaharda eng ko‘p qoida buzgan haydovchilarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi.

Birinchi o‘ringa "Spark" rusumli, davlat raqam belgisi 01 M 114 YA bo‘lgan avtomashina haydovchisi joylashtirildi. Ushbu avtomashina haydovchisi jami 20 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan, ya’ni 14 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 6 marotaba svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunishni xoxlamagan holda, jarimalar miqdorini 7 mln 788 ming 300 so‘mga yetkazdi.

Svetofor - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV: tanishing, qoidalarni pisand qilmaydigan "millioner" haydovchilar

Ikkinchi o‘rinda ham "Spark" rusumli, davlat raqam belgisi 01 T 885 TA bo‘lgan avtomashina turibdi. Ushbu avtomashina haydovchisi jami 21 marotaba, ya’ni 15 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 6 marotaba svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunmaslik kabi qoidabuzarliklarni sodir etib, jarima miqdorini 7 mln 39 ming 425 so‘mga yetkazdi.

Uchinchi o‘rinda "Lasetti" rusumli, davlat raqam belgisi 01 X 180 YA bo‘lgan avtomashina haydovchisi bormoqda. U jami 14 marotaba qoidabuzarlik, jumladan, 13 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga, 1 marotaba svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunmagan holda harakatlangani uchun jarima miqdori 5 mln 242 ming 125 so‘mni tashkil etadi.

To‘rtinchi o‘rinni "Matiz" rusumli, davlat raqam belgisi 01 W 320 UA bo‘lgan avtomashina haydovchisi band etgan holda, jami 13 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan. U 3 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga, 10 marotaba svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunmagan. Jarima miqdori 3 mln 444 ming 825 so‘mni tashkil etadi.

Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda eng qoidabuzar haydovchi 9,4 mln so‘m jarimaga tortildi

Beshinchi o‘rinni "Neksiya" rusumli, davlat raqam belgisi 01 643 TTS bo‘lgan transport vositasida 13 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchi egalladi. Ushbu qoidabuzarliklarning 4 tasi belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 9 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish holatlaridir. Qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori 3 mln 295 ming 50 so‘m.

Yakunlovchi oltinchi o‘rinda "Neksiya" rusumli, davlat raqam belgisi 01 410 GBA bo‘lgan avtomashina haydovchisi joylashdi. U 11-marta tezlikni belgilangan meyordan oshirgani uchun kuzatuv kameralari nigohiga tushgan va 1 mln 647 ming 525 so‘m miqdorda jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0