O‘zbekistondan kelayotgan migrantlar soni oshmoqda - Kolokolsev

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPassajiri poyezda "Tashkent - Moskva", pribivshego na Kazanskiy vokzal, na platforme
Passajiri poyezda Tashkent - Moskva, pribivshego na Kazanskiy vokzal, na platforme - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya IIV vaziri Kolokolyev aytishiga qaragandan yil boshidan buyon O‘zbekistondan Rossiyaga 600 ming nafar kishi kelgan. Bu o‘tgan yilga qaraganda 10% ga ko‘p.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. 22-23 may kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokolsevning so‘zlariga qaraganda, 2017-yilda O‘zbekistondan Rossiyaga kelayotgan migrantlar soni 10%ga oshgan.

"Rossiyada  bugungi kunda 1,7 mln O‘zbekiston fuqarolari yashamoqda. Yil boshidan buyon Rossiyaga 600 ming kishi kelgan. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 10%ga ko‘p… Biz ushbu sohada hamkorligimizni oshirishimiz kerak. Bunga hayotning o‘zi bizni majbur qilmoqda. Biz davlatlarimiz rahbarlari qabul qilgan qarorlarni, albatta, hayotga tadbiq qilishimiz kerak", — dedi Kolokolsev.

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkentda Rossiya vaziri tashrifi davomida 2017-2018 yillarda O‘zbekiston va Rossiya IIVlari hamkorlik Protokoli imzolashdi. Ushbu hujjat huquqni saqlash sohasida yaqin kelajakdagi ikki mamlakat hamkorligining asosiga aylanadi. Xususan ikki mamlakatda, sodir etilgan jinoyatlarga tizimli (bir xil tartibda) munosabatda bo‘linadi.

Yangiliklar lentasi
0