Uzbekistan airways abituriyentlarni Rossiyadagi kollejda o‘qishga taklif etmoqda

© AP Photo / Sven KaestnerSotrudnik provodit texnicheskoe obslujivanie dvigatelya samoleta
Sotrudnik provodit texnicheskoe obslujivanie dvigatelya samoleta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Chkalov nomidagi Yegoryev aviatsion texnika kollejida o‘qish uchun tanlov boshlanganini e’lon qildi

TOShKENT, 27-may — Sputnik. "Parvoz vositalariga yonilg‘i-moylash materiallari xizmati ko‘rsatish" texnik yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘qishga taklif etiladi, o‘qish muddati 2-yilu 10 oy. Bu haqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Havo yo‘llari stuardessalari - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" stuardessalikka qizlar tanlovini e’lon qildi

Tanlovda Nukus, Toshkent va Navoiy shaharlarida yashovchi, o‘rta maxsus (texnik), kasb-hunar (texnik) ma’lumotiga ega bo‘lgan yigitlar qatnashishi mumkin.

Abituriyentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

— o‘qishga kirish vaqtida yoshi 18-25da bo‘lishi.

— davlat tili va rus tilida erkin so‘zlashishi hamda ingliz tilini matnlarni o‘qish va tarjima qilish darajasida bilish.

— ishbilarmonlik, axloqiy sifatlarga ega bo‘lishi, yuksak ijrochilik qobiliyati va o‘qish joyida tartib-intizomga rioya qilgan bo‘lishi.

Tanlov uch bosqichdan iborat bo‘ladi.

Hujjatlar 2017-yilning 20-iyunidan 15-iyuliga qadar qabul qilinadi. Suhbat kuni shu yilning 20-iyuliga mo‘ljallangan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0