Qarshida Gubkin nomidagi universitetning tayyorlov markazi ochiladi

© Institut Nefti i GazaFilial Rossiyskogo Gosudarstvennogo Universiteta nefti i gaza imeni Ivana Mixaylovicha Gubkina v Tashkente
Filial Rossiyskogo Gosudarstvennogo Universiteta nefti i gaza imeni Ivana Mixaylovicha Gubkina v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyatida ko‘plab neft-gaz korxonalari va konlari mavjudligi bois markaz ochish uchun mazkur hudud tanlangan

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida Toshkentdagi Gubkin nomidagi Rossiya davlat universiteti filialining tayyorlov markazi ochiladi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Inomjon Majidovning so‘zlariga asoslanib uznews.uz xabar bermoqda.

Xirurgi provodat operatsiyu - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda Rossiya tibbiyot markazlari filiallari ochiladi

"Yil davomida kollej va litseylar bitiruvchilari ushbu markazda tahsil olishadi. O‘qish yakunida imtihon topshirishadi va imtihon natijalariga ko‘ra Toshkentdagi Gubkin nomidagi RDU filialiga o‘qishga kirishlari mumkin bo‘ladi", — dedi Inomjon Majidov.

Qashqadaryo viloyatida ko‘plab neft-gaz korxonalari va konlari mavjudligi bois markaz ochish uchun mazkur hudud tanlangan. Bunday amaliyot ushbu sohada ishlaydigan mutaxassislarni oldindan tayyorlashga yordam beradi.

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti 1930-yilda tashkil etilgan bo‘lib, neft-gaz yo‘nalishidagi asosiy oliy o‘quv yurti hisoblanadi.
Universitetning Orenburg va Toshkent shaharlarida filiallari mavjud. Filiallar bilan qo‘shib hisoblaganda universitet talabalari 10 mingdan oshadi. Mazkur o‘quv yurtida dunyoning 56 mamlakati talabalari tahsil olishadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0