05:24 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
237841

Lola Karimova oʻzining Feysbukdagi sahifasida oʻzbek atlasiga oid maʼlumotni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishga hissa qoʻshishni iltimos qildi

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Lola Karimova-tillayeva oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida oʻzbek matolari haqida maʼlumot berdi.

"Shoi — oʻzida goʻzallik va qulaylik, yengillik va jozibadorlikni mujassam etgan matodir. Oʻzining yorqin tayyorlanish uslubi va naqshlarining oʻziga xosligi bilan ajralib turadigan xon atlasda koʻp millatli qadriyatlarimiz misoli koʻzgudagidek ifoda etgan. Oʻzbekiston zamini oʻzining koʻp asrlik "ikat" uslubidagi toʻquvchilik maktabi bilan haqli ravishda faxrlanadi.

"Ikat" matolar toʻqish sanʼati xalqimizning avloddan avlodga meros boʻlib kelayotgan noyob madaniy boyligidir. Mohir oʻzbek toʻquvchi ustalari yaratadigan goʻzallikda betakror matolar abr matolar deb atalib, bu atama "bulut", yaʼni tarxi bulutsimon koʻrinishdagi bezaklar maʼnosini anglatadi.

Bu hunarmandchilik turi, mana necha asrlarki, Sharq Renessansi davridan to hozirgi kunga qadar oʻzining jozibador naqshlari va bezaklari bilan olamga goʻzallik hamda uygʼunlik olib keladi.

Hozirgi kunda xalqimizning tarixiy toʻqimachilik merosini saqlash maqsadida Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan oʻzbek milliy matolarini ishlab chiqarish usullarini YUNESKOning Ilgʼor Tajriba toʻplamiga kiritish boʻyicha ish olib borilayapti.

Iltimos, oʻzbek atlasiga oid maʼlumotni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishga oʻz hissangizni qoʻshib, xon atlas liboslarida tushgan rasmingizni #uzbekikat yoki #kxanatlas xeshtegi ostida ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, deb murojaat qilgan Lola Karimova.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
kxanatlas, uzbekikat

Asosiy mavzular