Jasurbek Ibragimov xotirasiga videorolik yaratildi

© NUZ.UZJasurbek Ibragimov
Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki daqiqalik videorolikdan yosh yigit do‘stlari bilan qay tarzda vaqt o‘tkazishi, kursdosh qizlarni 8-mart bilan tabriklagani va boshqa esdalik xotiralar o‘rin olgan

TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Yaqinda halok bo‘lgan tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibragimov xotirasiga do‘stlari va kursdoshlari tomonidan videorolik yaratishdi.

Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
YuNISEF Jasurbek Ibrohimov voqeasi bo‘yicha bayonot berdi
Ikki daqiqalik videorolikdan yosh yigit do‘stlari bilan qay tarzda vaqt o‘tkazishi, kursdosh qizlarni 8-mart bayrami bilan tabriklashi va boshqa esdalik xotiralar o‘rin olgan. Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ayni vaqtda talaba vafoti bilan bildirilayotgan hamdarliklarning keti uzilgani yo‘q, internet foydalanuvchilari ta’ziya izhor etish bilan birgalikda, huquq-tartibot organlari xodimlarini yuz bergan hodisani yaxshilab o‘rganishni so‘rashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘n yetti yashar Jasurbek Ibragimov 3-may kuni kursdoshlari — Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabalari tomonidan ayovsiz kaltaklangan. Ko‘psonli operatsiyalardan so‘ng u 1 iyun kuni tezkor yordam Respublika markazining jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumgan. O‘smirning halok bo‘lishi ishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, hodisa omma orasida shov-shuvlarni keltirib chiqargach, tergov ishlari respublika prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi.

Hodisa bo‘yicha asosiy gumondor — Islombek To‘laganovning ko‘rsatmalari bo‘yicha, mushtlashuv kelib chiqishiga Jasurning o‘zi sababchi bo‘lgan. To‘laganovning so‘zlariga ko‘ra, Jasur uning qo‘l va oyoqlariga kelib urilgan va hayotiga nuqta qo‘ygan jarohatlarni aynan shu tarzda olgan.

Yangiliklar lentasi
0