07:39 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
95004

Buzib tashlash ishlaridan Oʻzbekiston xalq rassomi Nigʻmat Kuzibayevning rafiqasi ham jabr koʻrdi. Uning uyida taniqli rassomning koʻplab asarlari mavjud boʻlib, uy kadastrida yoʻl qoʻyilgan xato tufayli musavvirning uy tom qismi olib tashlandi

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Toshkent shahar Musavvirlar koʻchasida uyga mulkka egalik qilish hujjatlari boʻlishiga qaramasdan uy oldidagi kichik bogʻlar, garajlar, bir necha musavvirlar avlodi ijod qilgan rassomlar ustaxonalari buzib tashlanmoqda.

Inshootlarni buzilishi tuman hokimi Sherzod Kudbiyevning ushbu tumanga tashrifidan soʻng boshlangan. Hokimning soʻzlariga koʻra, mazkur koʻcha qatnov yoʻlga qoʻyiladigan koʻchaga aylantiriladi. Garaj buzilishi toʻgʻrisida esa fuqarolarga 10 kun oldin bildirish xatlari yuborilgan (qonunchilikka asosan bunday ogohlantirishlar 6 oy oldin berilishi kerak).

Ushbu koʻchada istiqomat qiluvchi fuqarolarning aytishicha, Oʻzbekiston xalq rassomi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti asoschilardan biri boʻlgan Nigʻmat Kuzibayev uyining tom qismi olib tashlash boshlangan.

Hozirgi kunda bu xonadonda rassomning 80 yoshli rafiqasi Mayram Kuzibayeva oilasi bilan istiqomat qilmoqda. Kuzibayevaga sudga chaqiruv qogʻozi yuborilgan, lekin u bir necha yildan beri mustaqil ravishda harakatlana olmasligi tufayli sud yigʻilishiga bora olmagan. Qarindoshlarining tuman hokimiga murojaat qilishga urinishlari esa hech qanday natija bermagan.

Qoʻshnilarning soʻzlariga koʻra, rassom Kuzibayevning ustaxonasida hozirgi kunda koʻplab sanʼat asarlar mavjud. Uyning tomi olib tashlangani tufayli, asarlar yogʻingarchiliklar ostida qolgan. Qarindoshlar asarlar va arxivlarni yogʻingarchiliklardan himoya qilish bilan ovora.

Territoriya vozle doma xudojnika Kuzыbayeva v Tashkente
Foto iz lichnogo arxiva Mayram Kuzыbayevoy
Territoriya vozle doma xudojnika Kuzыbayeva v Tashkente

Kuzibayevaning soʻzlariga koʻra, uy rassomlik studiyasi bilan birgalikda 1978-1989 yillarda mutasaddi idoralar (Tashgoispolkom, GlavAPU, Tashgiprogora) kelishilgan holda va Moskva tasviriy sanʼat jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan pul mablagʻlari hisobiga barpo etilgan. Kadastrga 1996 yildan 2009 yilda kiritilgan. Barcha qurilish boʻyicha oʻsha yillarning xat hujjatlari saqlab qolingan.

Kuzibayevaning soʻzlariga koʻra, u 2017 yil 13 mart kuni Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining xatini  olgan. Ushbu uy yaqinidagi yoʻl kengaytirilishi paytida uy fasadi standartga mos emasligi aniqlangan va sud orqali buzib tashlash talab qilingan.

"Ularga fasad yoqmadi, u boshqa uy va kottejlardan 1-2 metr baland. Lekin biz oʻsha vaqtda shu moʻljal bilan qurgan edik. Bu masala boʻyicha sud bizning ishtirokimizsiz boʻlib oʻtdi. Hozir men advokat yolladim. Advokatning menga mening ishtirokimsiz qabul qilingan qaror notoʻgʻri ekanligini aytdi. Biz Toshkent shahar sudiga arz qildik, sud yigʻilishi 23 iyun kuni boʻlib oʻtadi. Sudga shaxsan hokimning oʻzi ariza berganligi uchun mazkur ish nima bilan yakunlanishini bilmayman. Menga berilgan qarorga koʻra, men oʻz kuchim bilan uyni boʻshatishim kerakligi bayon etilgan. Mening asosli qarshiligimga qaramasdan uy tomi olib tashlandi", — deb shikoyat qildi Kuzibayeva.

Kuzibayeva advokati soʻzlariga koʻra, hozirgi kunda sud qaroriga koʻra uy buzilishi toʻxtatilgan va kassatsion shikoyat tayyorlangan. Shikoyat 23 iyun kuni Toshkent shahar xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi. "Biz ijro etishni toʻxtatish haqida qaror olganmiz. Ayni paytda, uy tomi olib tashlangan va plitalar bilan oʻralgan. Uyning ikkinchi qavatida 300 dan ortiq asarlar mavjud boʻlib, ular ustiga kutilmagan vaqtda yongʻingarchilik tushish mumkin", — deb taʼkidladi advokat.

Oʻzbekiston halq rassomi, akademik Nigʻmat Kuzibayev Mirzabayevich 40 yildan ortiq A.Ostrovskiy nomidagi tasviriy sanʼat va teatr instituti (hozirgi Kamollidin Bekzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti) oʻqituvchilik faoliyatiga bagʻishlagan.

Kartina xudojnika Kuzыbayeva Alisher Navoi i sultan Xuseyn Baykaro
Foto iz lichnogo arxiva Mayram Kuzыbayevoy
"Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro" kartinasi

Uning asarlari, koʻplab shaxsiy kollektsiyalarda va chet el muzeylarida saqlanmoqda, shularda eng asosiylari Oʻzbekiston sanʼat muzeyi, Alisher Navoi nomidagi davlat Adabiyot muzeyi (Toshkent), I.Savitskiy nomidagi davlat Sanʼat muzeyi (Nukus), Sharq davlat muzeyi va Tretyakov galereyasida (Moskva) saqlanmoqda.

Halq rassomining eng taniqli boʻlgan asarlari: "Amir Temur", "Abu Ali ibn Sino", "Alisher Navoiy va sulton Husayn Boyqaro", "Bobur", "Al Xorazmiy", "Mirzo Ulugʻbek", "Nadirabegim", "Buyuk ipak yoʻli", "Shohizinda — Samarqand", "Oq tosh", "Togʻda", "Isfara. Kuz", "Togʻda bahor", "Chorvoq", "Kuz", "Oqtoshda oltin kuz" nomli asarlardir.  

Rassom qarindoshlari uy buzib tashlash ishlari toʻxtatilishi va halq rassomi yashab ijod qilgan uyda yondorlik muzey-uyi tashkil etish va unga barelyef taxtasi oʻrnatish masalalari koʻrib chiqilishiga umid qilishmoqda.

 

Territoriya vozle doma xudojnika Kuzыbayeva v Tashkente
Foto iz lichnogo arxiva Mayram Kuzыbayevoy
Rassom Kuzibayev uyi oldi hududi

 

Joriy yilning aprel oyida Toshkent hokimiyati maʼmuriyati avtotransport vositalarini saqlash joylarini tartibga solish boʻyicha 2017-2021 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar majmui loyihasini ishlab chiqilgan edi. Hujjat loyihasida mazkur turargohlar oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli parking va bepul ochiq avtoturargohlar barpo etish taklif qilingan edi. Maʼmuriyat buning uchun ikki, uch va olti qavatli maxsus parking loyihalarini ishlab chiqqildi.

Eslatib oʻtamiz, 2013 yil aprelda poytaxt hokimi Rahmonbek Usmonov shahardagi barcha garajlarni buzib, oʻrniga zamonaviy avtoturargohlar qurish haqida qaror imzolagandi. Oʻshanda 40 mingdan ortiq garaj buzilishi rejalashtirilgandi (2013 yilda — 23 073 ta va 2014 yilda —17 753 ta). Biroq qaror poytaxtliklarning keskin eʼtiroziga sabab boʻlgach, hokim bu boradagi ishlarni toʻxtatishga majbur boʻlgan. Oʻsha vaqtda quruvchilar tomonidan 11 minga yaqin garajlar buzib tashlangan edi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular