16:11 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
624671

Oʻzekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bilan kollejlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni mustahkamlash, xususan, Uchtepa tumanidagi 78 maktabda tajriba sifatida 11 yillik taʼlimni qayta tiklash, uning qoshida oʻquv-kasb korxonasi tashkil etish zarurligini taʼkidladi

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Uchtepa tumanidagi 78-umumtaʼlim maktabini borib koʻrdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali.

Uchtepa tumanidagi 78-maktab 1967 yilda qurilgan. Maktabni qayta taʼmirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash rejalashtirilmoqda.

Mirziyoyev maktab bilan kollejlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11 yillik taʼlimni qayta tiklash, uning qoshida oʻquv-kasb korxonasi tashkil etish zarurligini taʼkidladi.

"Yuqori sinflarda bolalar shaxs boʻlib, jamoa boʻlib shakllanadi, dedi davlatimiz rahbari. Ayni oʻsha paytda ularni oʻzlari oʻrgangan muhitdan ajratib qoʻymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda taʼlim-tarbiyasiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Shu bois taʼlim jarayonining usluksizligini taʼminlash, oʻquv dasturlarini takomillashtirish zarur", — deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan "Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi" mavzuidagi anjumanda soʻzlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

"Bizni hamisha oʻylantirib keladigan yana bir muhim masala — bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir soʻz bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bogʻliq. Bugun zamon shiddat bilan oʻzgaryapti. Bu oʻzgarishlarni hammadan ham koʻproq his etadigan kim — yoshlar. Mayli, yoshlar oʻz davrining talablari bilan uygʻun boʻlsin. Lekin ayni paytda oʻzligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulugʻ zotlarning avlodimiz, degan daʼvat ularning qalbida doimo aks-sado berib, oʻzligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya taʼkidladi Prezidentimiz.

Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta masʼuliyat yuklaydi. Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasining barcha boʻgʻinlari — maktabgacha taʼlim, maktab, oʻrta maxsus va oliy taʼlim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta taʼmirlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida oʻz samarasini beradi.

Shu yerda 1-sinf oʻquvchilariga beriladigan "Prezident sovgʻasi" komplekti, maktab oʻquvchilariga moʻljallangan badiiy adabiyotlar, xalq taʼlimi muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash rejasi namoyish etildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular