Qo‘shimcha kontrakt miqdorlari tasdiqlandi, eng qimmati - 25 barobar!

© UITUzbekskiy student
Uzbekskiy student - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kvota bo‘yicha kirishga bali yetmagan, abituriyentlar uchun qo‘shimcha kontrakt to‘lovlari miqdori 1,5 barobardan - 25 barobargacha belgilandi.

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish…” haqidagi 393-sonli qaroriga asosan, belgilangan kvota bo‘yicha kirish bali yetmagan abituriyentlar uchun talabalar safiga qo‘shilishi imkoniyati paydo bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Abituriyent - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qo‘shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi

Davlat komissiyasining tartibiga muvofiq, kvota bo‘yicha belgilangan ballga 4 balldan ortiq bali yetmagan, lekin 68 balldan ko‘p bal to‘plagan  abituriyentlar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdorlari tasdiqlandi.

Tasdiqlangan to‘lovlar miqdori  turli sohalar uchun, oddiy to‘lov-kontrakt puliga nisbatan bir necha barobar yuqori miqdorda belgilangan:

15 baravar — chet tillari, tarjimonlik, tarix, jahon siyosati, Sharq falsafasi, sotsiologiya, psixiologiya, jurnalistika, energoaudit, neft-gazkimyo sanoati, axborot tizimlari, kompyuter grafikasi, telekommunikatsiya, radioelektron qurilmalar, maxsus yoritish texnologiyalari, ijtimoiy ta’minot, mehmonxona xo‘jaligi, turizm, transport, logistika, aviadispetcherlik ishi;

20 baravar — iqtisodiyot, menejment, kichik biznes, marketing,  bojxona ishi, moliya, bank ishi, soliq, buxgalteriya, jahon iqtisodiyoti, sug‘urta ishi, pensiya ishi, statistika, baholash ishi, kadrlar menejmenti, korporativ boshqaruv, davlat budjeti, barcha tibbiy mutaxassisliklar;

25 baravar — yurisprudensiya, yurisprudensiya (islom huquqi);

Yuqorida tilga olinmagan, qolgan barcha sohalar uchun qo‘shimcha kontrakt to‘lovi miqdori - 10 baravar etib belgilandi.

Ko‘rib turganingizdek, yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha-kontraktda o‘qish istagini bildirganlar birinchi o‘quv yili uchun to‘lov kontrakt miqdorining 25 baravari, ya’ni — 246 mln 250 ming so‘m to‘lashi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu oshirilgan kontrakt to‘lovlari faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi. Keyingi yillarda kontrakt pulining bir baravari  to‘lanadi.

Oldin xabar berganimizdek, qabul kvotalari chegarasiga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlarga quyidagi to‘lov puli belgilangan edi:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;
2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.

Ma’lumotlar yurist va bloger Xushnudbek.uz sahifasidan olindi.

Yangiliklar lentasi
0