Saraton keldi: havo harorati 45 darajaga chiqishi kutilmoqda

© Sputnik Stas EtveshFontan v gorode Xudjand, arxivnoe foto
Fontan v gorode Xudjand, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ob-havoni aytib berish markazi xabariga ko‘ra, ushbu haftada Respublika hududiga Turkmaniston va Erondan 45 darajali issiq havo kirib keladi.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Gidrometeorologiya xizmatining bildirishicha, O‘zbekiston ayrim hududlarda havo harorati kunduzi 44-45 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Anomal issiq - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 10 kun davomida jazirama ob-havo kuzatiladi

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Shu bilan birga, 2017-yil 3-9 iyul kunlari Tojikiston va Qirg‘iziston hududidan respublikaning ayrim tog‘li zonalarda qor erishi natijasida sel kelishi xavfi mavjud

Yangiliklar lentasi
0