01:14 24 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Sobiq Ittifoq aholisi
© Sputnik /

Oʻzbekiston aholisining soni 40,95 mln kishiga yetadi

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik.  BMT ekspertlari demografik oʻsishning 2100 yilgacha boʻlgan holatini tahlil qildilar va sobiq ittifoq mamlakatlarida bu borada qanday oʻzgarishlar boʻlishini taxmin qilishdi.

SSSR tarqalganidan buyon oʻtgan davr mobaynida sobiq sovet hududidagi barcha mamlakatlarda oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichi oshgan. Bunga bir nechta sabablar boʻlib, eng asosiysi hayot kechirish sifatining oshganligidir.

Masalan, 1991 yilda Oʻzbekiston aholisi 20,7 mln kishini tashkil etgan va respublikada oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichi 66,3 yilga teng boʻlgan.

Bugungi kunda esa mamlakat aholisi soni 31,91 mln kishiga yetgan va oʻrtacha umr koʻrish 71,4 yoshni tashkil etadi.

2050 yilga kelib Oʻzbekiston aholisining soni 40,95 mln kishiga yetadi va aholi soni boʻyicha respublika sobiq SSSR hududida Rossiyadan soʻng ikkinchi oʻringa chiqadi. Oʻzbekistonliklarning oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichi esa 75,2 yoshni tashkil etadi.

BMT ekspertlarining fikricha, 2100 yilga kelib, keksalarning koʻpayishi va tugʻilishning qisqarishi hisobiga aholi soni kamayadi. Ularning taxminiga koʻra, 2100 yilda Oʻzbekiston aholisi 38,1 mln kishini tashkil etadi va odamlarning oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichi 82 yoshga yetadi.

Yana infografika

Asosiy mavzular