Moskvaga ish izlab - migrantlar uchun qo‘llanma-film

© Sputnik / Vadim Jernov / Mediabankka o‘tishRabota skanera otpechatkov palsev
Rabota skanera otpechatkov palsev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Film Rossiyaga ishlash maqsadida kelayotgan mehnat migrantlari uchun qisqa qo‘llanma vazifasini bajaradi. Unda Rossiyada qonuniy ishlash uchun patent olish jarayoni to‘liq ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Saxarovoda joylashgan Moskva migratsiya markazi buyurtmaisga ko‘ra suratga olingan yangi qo‘llanma-film O‘zbekiston, Tojikiston, Moldova, Ukraina va Ozarbayjonda namoyish etiladi.

Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya markazi rahbari: biz arzon va kerakli xizmatlar taklif qilmoqdamiz

Ushbu film Rossiyaga ishlash maqsadida kelayotgan mehnat migrantlari uchun qisqa qo‘llanma vazifasini bajaradi. Unda Rossiyada qonuniy ishlash uchun patent olish jarayoni to‘liq ko‘rsatilgan.

"Bizning film Moskvaga kelayotgan mehnat migrantlari uchun o‘ziga xos video-qo‘llanma bo‘ladi. Unda Moskvada yagona bo‘lgan va patent olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan Migratsiya markazida patent rasmiylashtirish jarayoni to‘liq namoyish etilgan", — deydi Nikolay Fedoseyev, migratsiya markazi rahbari.

"Moskvaga ish izlab" filmi rus, tojik, o‘zbek, ozarbayjon va moldovan tillarida namoyish etiladi. Film O‘zbekiston fuqarosi misolida suratga olingan. Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Moskva migratsiya markazi u yerda patent olayotganlarning 45% O‘zbekiston fuqarolari ekanligini xabar qilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0