10:08 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
172320

Bugungi kunda mavjud dallilarga koʻra, Budeykin Rossiya boʻylab 15 nafar oʻsmirning oʻlimiga bevosita aybdor, lekin Tergov qoʻmitasi bu hali hammasi emas deb taʼkidlamoqda.Sudda Budeykin oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlgan.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Ushbu yilning 18 iyul kuni Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan sud majlisida ijtimoiy tarmoqlarda “koʻk kit”, “tinch uy” va boshqa oʻlim guruhlari orqali oʻsmirlarni oʻz joniga qasd qilishga undagan Filipp Budeykinkin (laqabi “Lis”) ustidan hukm oʻqildi, deb xabar qilmoqda Rossiya OAVlari.

Sankt-Peterburg sudi 18 iyul kuni butun Rossiya hududida “oʻlim guruh”lari tashkil qilib 15 nafar oʻsmirning umriga zomin boʻlgan Filipp Budeykinga 3 yilu 4 oy qamoq  jazosi berdi.

Sputnik bir necha barobar Rossiya va butun MDH davlatlarida yashovchi oʻsmirlar orasida tez tarqalib ketgan ushbu “oʻyin” oʻnlab ruhiy jihatdan hali nozik boʻlgan yosh bolalarning umriga zomin boʻlganini xabar bergan edi.

Ushbu jinoiy ish bilan bevosita shugʻullanuvchi Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasining Sankt-Peterburg viloyati vakili Anton Breydo “Novaya gazeta” muxbiriga qoʻyidagilarni xabar qilgan. 

Nega faqat “Lis” hibsga olindi?

— Rossiyaning 10 hududida “oʻlim guruh”lari administratorlari turar joylarida tintuv oʻtkazildi. U yerda olingan maʼlumotlar oʻrganilmoqda. Dalillar jamlanganidan keyin boshqa jinoyatchilar ham hibsga olinishi mumkin.

“Lis” qanday qilib bolalarni oʻlimgacha olib borgani sizga maʼlummi?

U oʻz faoliyatini 2013 yilda boshlagan. Oʻshandan beri doimiy ravishda oʻz xatolarini toʻgʻrilab, oʻz hatti-harakatini takomillashtirib borgan. Ular aksariyat hoolarda quyidagicha yoʻl tutgan:  “VKontakte” ijtimoiy tarmogʻida guruh tashkil qilingan va u yerda bir necha oʻta mudhish videroliklar joylashtirilgan. Filipp “Lis” va uning hamkasabalari bunday videolar oʻsmirlarni jalb qilishini juda yaxshi bilishgan, chunki bunday yoshda bolalar oʻtkir his tuygʻularga muhtoj boʻladi.

Shunday qilib ular guruhga 20 minggacha odam jamlashgan. Keyin esa, ularga biror osonroq topshiriq berilgan. Masalan, koʻk kit yoki kapalak rasmini chizish. Uni bajarganlar keyingi bosqichga oʻtgan. Ikkinchi bosqichda murakkabroq topshiriq berilgan. Masalan, biror hayvonni oʻldirish, oʻz tanasiga biror shikast yetkizish yoki boshqa noxush ish. Koʻp hollarda bu bosqichda aksariyat bolalar guruhdan chiqib ketgan. Guruhda oxir oqibat, hayotda eʼtiborsiz, ruhiy jihatdan oʻta nimjon bolalar qolgan. Bundaylar mingtadan bitta boʻlishi ham mumkin, lekin 20 minglik guruhda bu 20ta bola degani.  Ular uchun ushbu guruhda aʼzo boʻlishning oʻzi katta “shuhrat” boʻlgan. Shuning uchun ham ular guruh boshlovchisi buyruqlarini soʻzsiz bajarishgan. 

Soʻnggi bosqichga oʻtgan bolalarga ular “tanlangan insonlar” va bu hayotda hech kimga kerak emas, deb uqtirilgan. Shuningdek, ularga oʻz joniga suiqasd qilib, “rivojlanishning boshqa bosqichiga oʻtish” kerakligi ham uqtirilgan. “Lis” ularni hayotning keyingi bosqichida shaxsan oʻzi kutib olishga vaʼda bergan.

Suiqasd qilish oldidan ularning barchasiga “VKontakte” guruhidagi yozishmalarni oʻchirib tashlash buyurilgan va ularning hammasi bu ishni 100% amalga oshirgan. Shuning uchun ham bunday shaxslarning aybini isbotlash oʻta mushkul.

Qanday qilib “Lis”ni hibsga olishga muvaffaq boʻldinglar?

Bunda bizga joniga suiqasd qilib lekin omon qolgan qizaloq katta yordam berdi. U ijtimoiy tarmoqda suratlarni tomosha qilib oʻtirgan va bitta qiziq rasm koʻrib qolgan va oʻsha saytga kirgan, undan yana boshqa saytga va oxirida Filipp “Lis”ning “oʻlim guruhiga” kelib qolgan. U yerda qizchaga xuddi totalitar sektalarda boʻlgani kabi “ishlov berishgan”. Qizcha turli topshiriqlarni soʻzsiz bajarib borgan sari guruhda “obroʻsi” ortib borgan va guruh uning uchun asosiy hayotga aylangan. U har kuni ertalab tong soat 4:20da uyqudan turib allaqanday mudhish videolarni tomosha qilgan. Unga “agar tomosha qilmasang” bir zumda guruhdan chiqaramiz deb poʻpisa qilishgan. U videolarda esa doimi qon, mudhish lavhalar, bolalar qichqiriqlari va hokazolar namoyish qilingan. Qiz bola aytishiga qaraganda bunday lavhalarni tomosha qilgandan keyin unda oʻzini oʻldirish istagi paydo boʻlgan ekan.

“Lis” boʻlsa bolalarni ushbu yoʻlda yanada quvvatlab borgan. “Xususan, u albatta poyezd tagiga tashlash yoki tomdan sakrash kerak emasligini, oʻlimning ogʻriqsiz uslublari ham boriligini” taʼkidlagan.  “Lis”ning maslahatiga koʻra qizaloq bir hovuch tabletka ichib oʻz joniga qasd qilgan, lekin tezda yetib kelgan tez yordam va oshqozonni yuvish natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Shundan keyin, qizaloq va uning ota-onasi tergov organlariga qoʻllaridan kelgan barcha yordamni berishgan.

Filipp Budeykin oʻzi kim?

Filipp Budeykin maktabda yaxshi oʻqimagan, tengdoshlari bilan yaxshi kelisha olmagan, shaxsiy hayotda bir omadsiz inson. Uning onasi ertalab soat 05:00dan Moskva viloyatidan shaharga ishga kelgan, kechqurun uyiga qaytib oʻzi va 21 yoshli oʻgʻliga ovqat pishirgan. Oʻgʻil boʻlsa kunu-tun internetda oʻtirgan. Yaqin atrofda doʻstlari boʻlmagan, u hatto koʻchaga chiqmagan. Jonli hayotda hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmagan kimsa, internetda oʻzini “xudo” hisoblagan.

Nahotki bularning hammasini uning oʻzi oʻylab topgan boʻlsa? Balkim “oʻlim guruh”lari boshlovchilari ortida kimdir turgandir? Balkim biror mamlakat maxsus xizmatlari?

Biz buni tekshirishimiz va aniqlashimiz kerak. Agar buni isbotlovchi biror dalillar topilsa, biz ularni albatta inobatga olamiz. Hozircha, bizda buni tasdiqlovchi hech narsa yoʻq.

Bizning taxminimizcha, inson ruhiyatiga taʼsir qilishning bunday metodlari allaqayerda internetda topib olingan va yuqoridigi shaxslar tomonidan “ijodiy qayta ishlangan”  boʻlishi ehtimoldan xoli emas, chunki yuqoridagi "uslub"larning barchasi “tarmoqli marketing”, “diniy sektalar” yoki boshqa firibgarlik sxemalariga “ikki tomchi suv” kabi oʻxshash.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilda Rossiyada 720 nafar, Qirgʻizistonda 95 nafar va Qozogʻistonda 33 nafar oʻsmirlar oʻz joniga qasd qilgan. Tekshiruv natijasida ularning Rossiyada 15 nafari, Qozogʻistonda 16 nafari va Qirgʻizistonda 10 nafari ijtimoiy tarmoqlardagi "oʻlim guruhlari" aʼzosi boʻlgani aniqlangan.

Asosiy mavzular