Gulnora Karimovaning chet ellardagi hashamatli ko‘chmas mulklari ro‘yxati

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishElitniy jiloy kompleks v Moskve
Elitniy jiloy kompleks v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulnora Karimova Shveysariya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Latviya, Irlandiya, Malta oroli, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Gonkong, Birlashgan Arab Amirligida hashamatli kvartiralar, villalar, mehmonxona komplekslariga ega bo‘lgan

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Bosh prokuratura Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoyat ishlari bo‘yicha xabar berdi.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoyat ishlari bo‘yicha xabar berdi

Tergov materiallari bo‘yicha hozirda 12 ta xorijiy mamlakatlar hududida uyushgan jinoiy guruhning 1 mlrd. 394,1 mln. AQSh doll., 63,5 mln. yevro, 27,1 mln. funt va 18,5 mln. frank miqdordagi legallashtirilgan mablag‘lari aniqlangan, shu jumladan:

Shveysariyada — 777,8 mln. AQSh doll. miqdorida pul mablag‘lari va Koloni shahrida narxi 18,5 mln. frank bo‘lgan ko‘chmas mulk (villa);

Shvetsiyada — 30 mln. AQSh doll. miqdorida pul mablag‘lari;

Buyuk Britaniyada — 4,2 mln. funt miqdorida pul mablag‘lari, London shahrida umumiy narxi 22,9 mln. funtlik uy-joylar, kvartiralar va villalar;

Fransiyaning Parij shahrida — kvartiralar va "Shato de Grussi" qasri, Santrope shahrida — villa (umumiy narxi 52,5 mln. yevro);

Latviyada — 16,5 mln. AQSh doll. miqdoridagi pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar, Riga shahrida park hududidagi umumiy narxi 9 mln. yevro bo‘lgan ko‘ngilochar markaz;

Irlandiyada — 300 mln. AQSh doll. miqdoridagi pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar;

Malta orolida — narxi 48,8 mln. AQSh doll. bo‘lgan samolyot;

Germaniyada — 2 mln. yevro miqdoridagi pul mablag‘lari;

Ispaniyada — 82 ming AQSh doll. miqdoridagi pul mablag‘lari;

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Yashasin O‘zbek sudi: internet foydalanuvchilari Gulnora Karimova haqida nima deyapti?
Rossiyada — 6 mln. AQSh doll. miqdoridagi pul mablag‘lari, umumiy narxi 2 mln. AQSh doll. bo‘lgan Moskva shahri "Kamelot" turar joy kompleksidagi "pentxaus", "Rublevka" massividagi hashamatli turar joy va 8 ta kvartira, Yalta shahridagi mehmonxona kompleksi, turar joy va yer uchastkasi;

Gonkongda — 67 mln. AQSh doll. miqdoridagi pul mablag‘lari, "The Arch" osmono‘par binosida narxi 15 mln. AQSh doll. bo‘lgan "pentxaus";

Birlashgan Arab Amirligida — 32 mln. AQSh doll. miqdoridagi pul mablag‘lari, 31,5 mln. AQSh doll. miqdoridagi oltin va oltin sertifikatlari, Dubay shahrida umumiy narxi 67,4 mln. AQSh doll. bo‘lgan "pentxaus", 2 ta villa va 2 ta mehmonxona komplekslari aniqlangan.

Hozirgi kunda uyushgan jinoiy guruhning boshqa aktivlarini aniqlash va ularni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tezkor-tergov tadbirlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0