IIV tizimida 8 nafar yangi rahbar tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qator tumanlarga IIB boshliqlari tayinlandi

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekiston IIV tizimida bir qator tumanlarga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda uznews.uz xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Toshkent, Samarqand, Namangan, Surxondaryo viloyatlaridagi tumanlar IIBlariga yangi rahbarlar tayinlandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miriziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Kadrlar almashuvi: Mirziyoyev Hukumat tarkibida yangi o‘zgarishlarni amalga oshirdi

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman IIBga podpolkovnik Shoakbarov Ikromjon Narimanovich, Bekobod tuman IIBga podpolkovnik Sultonov Elmurod Ozotbekovich boshliq etib tayinlandi.

Samarqand viloyati Narpay tuman IIBga Eshnazarov Tojiddin Jo‘raqulovich boshliq etib tayinlandi.

Namangan viloyati Kosonsoy tuman IIBga podpolkovnik Mirzayev Furqat Samijonovich, Yangiqo‘rg‘on tuman IIBga podpolkovnik Mirzahmedov Nosirjon Turg‘unpo‘latovich, Mingbuloq tuman IIBga mayor Xo‘jaxonov Avazbek Ergashevich boshliq etib tayinlandi.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman IIBga mayor Mirzayev Asliddin Zikirovich, Angor tuman IIBga mayor Xidirov Kamoliddin Xo‘janazarovich boshliq etib tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0