11:31 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)
331 0 0

Toshkent va Nukus shaharlarida, barcha viloyatlar markazlarida imtiyozli kredit asosida "Ijodkorlar uylari" barpo etiladi

TOSHKENT, 4 avgust — Sputnik. Oʻzbekistonda ijodkorlarni qiynab kelayotgan uy-joy muammosi hal qilinadi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qildi.

"Ijod ahlini qiynab kelayotgan muammolardan biri – bu uy-joy masalasi bilan bogʻliq. Mana shu dolzarb muammoni yechish uchun Toshkent va Nukus shaharlarida, barcha viloyatlar markazlarida imtiyozli kredit asosida "Ijodkorlar uylari" barpo etilib, bu uylardan adiblar, rassomlar, aktyor va rejissyorlar, kompozitorlar, maʼnaviyat targʻibotchilari, ommaviy axborot vositalarining faol vakillariga, shu jumladan, isteʼdodli yosh ijodkorlarga kvartiralar ajratiladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzu:
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)

Asosiy mavzular