10:15 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)
103140

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bir qator nashrlarda axloqsizlik, ommaviy madaniyat, buzuqlik, xotinbozlikni targʻib qiluvchi materiallar berilayotganini qayd etgan

TOSHKENT, 4 avgust — Sputnik. 2017 yilning oʻtgan yetti oyi davomida Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan ommaviy axborot vositalariga 100 dan ortiq, nashriyot va matbaa korxonalariga 70 ga yaqin taʼsir choralari qoʻllanilgan. Bu haqda Agentlik saytida eʼlon qilingan maqolada maʼlum qilingan.

Agentlikning bildirishicha, teleradio dasturlari, matbuot sahifalarida asosan Gʻarb sanʼatkorlarining qoʻshtirnoq ichidagi ishqiy hayotini muntazam yoritayotgan, ularda oilaviy qoʻnimsizlik, juftlarning bir-biriga xiyonati, nikohsiz turmush singari illatlarni oddiy hol sifatida tasvirlayotgan axborot vositalari yoʻq emas.

"Oʻzining koʻp sonli oʻquvchilariga ega boʻlgan "Kelinchak", "Humo" jurnallari, "Otdoxnem!" gazetasida xorij sanʼatkorlari hayotiga doir yangiliklar muntazam berib borilgan va ularda urgʻu koʻpxotinlik, koʻperlik, fuqarolik nikohi kabi salbiy illatlarga qaratilgan. Jumladan, "Humo" jurnalida oʻquvchida anʼanaviy oilaga xos turmush-tarziga nisbatan hurmatsizlik, befarqlik uygʻotishi mumkin boʻlgan "Jizel Bundxen jdet tretyego rebenka?", "Besprosvetnыy tuman i ozareniye", "Irina Ponarovskaya – ledi Sovershenstvo", "Koroleva Gollivuda. Dva litsa Elizabet Teylor" kabi materiallar chop etilgan.

"Otdoxnem!" gazetasida "Nadya Ruchka: "Chem silneye chelovek, tem silneye yego slabosti" sarlavhali materialda qoʻshiqchi Nadejda Ruchkaning nikohsiz ishqiy munosabatlari yoritilgan: "Da ya nikogda ne stremilas k braku. Mne daje kazalos, chto eto tyurma, gde tebya posadyat na tsep i zastavyat varit borщ", hamda "Ben Efflek: YA vsegda bыl legkoy dobыchey dlya ostryakov" sarlavhali materialda aktyor Ben Efflek oilali boʻla turib ishqiy aloqada boʻlgani "Kogda Djennifer Garner podala na razvod, nikto ne somnevalsya, chto nazad puti net — ved Ben Efflek zakrutil intrijku s nyaney sobstvennыx detey, da yeщe chut li ne v ix prisutstvii…" deya, ochiq namoyon qilinadi.

"Siyenna Miller: Tyajelo bыt odinokoy mamoy, no ya schastliva", "Emma Stoun: V nagradu ya poluchila unikalnuyu stoykost i zapas jiznennыx sil", "Milla Yovovich: Dom i materinstvo – moi glavnыe radosti teper" sarlavhali materiallarda gʻarblik mashhur sanʼat namoyandalarining shaxsiy hayotiga doir, yoshlarni yoʻldan ozdiradigan jihatlar badiiy boʻyoqdorlik bilan yoritilgan. "Neudachnoye svidaniye" materialida esa pul uchun tanani sotishdek tubanlik ijobiy fazilat deya bayon etiladi.

Bu kabi materiallar jamiyatimiz anʼanalarini yemirishi, oila atalmish muqaddas qadriyatga putur yetkazishi, barqaror maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi, bir soʻz bilan aytganda, "ommaviy madaniyat" niqobidagi qora kuchlarning tegirmoniga suv quyayotganini nahot tahririyatdagi masʼul xodimlar, muharrirlar tushunib yetmasa?!", deyiladi agentlik saytida.

"Kelinchak" jurnalida "Yigit iztirobi" sarlavhali qissa eʼlon qilingan boʻlib, unda talaba yigit va qizning oʻzaro nikohsiz hayot kechirishi, behayo sahnalar, ommaviy madaniyat va yevropacha turmush tarzini targʻib qiluvchi lavhalar mavjud.

Shuningdek, jurnalda "Biz bilgan va bilmagan Pushkin" sarlavhali material chop etilgan. Unda rus shoiri A.S.Pushkin va uning ayollarga nisbatan munosabati tasvirlanib, ayrim buzuqlik, xotinbozlik, nikohsiz turmush va xiyonatni targʻib qiluvchi sahnalar tahrirsiz eʼlon qilingan. Jumladan: "…Shoirning aksariyat sarguzashtlari oʻtkinchi edi. Ammo oʻrtaga muhabbat aralashsa bormi, shoir uchun maʼshuqasiga jisman erishishi shart boʻlar edi… Pushkin kutilmaganda joʻsh uradigan hissiyotlarini tabiati yengil ayollar bilan qondirishga ham oʻrgangandi…

…Bu beva xonim Pushkinni oʻqishdan haydalishidan asrab qolgan direktorga qarindosh boʻlardi. Ular deyarli har kecha yashirincha birga boʻlishar va bu lazzat onlari oʻspiringagina emas, tul xotinga ham yoqib tushardiki, u buning har kecha takrorlanishini istardi".

Agentlik jurnalning qiz-juvonlar auditoriyasiga moʻljallangani, yosh kelinlar uchun turli foydali tavsiya va maslahatlar, oilani mustahkamlash, nikoh, er-xotin sadoqatining muqaddasligi, milliy, umuminsoniy ezgu qadriyatlarni targʻib qilish oʻrniga tiyiqsiz ishqiy hayot, jazmanbozlik, toʻshak sahnalari bilan bogʻliq yengil-yelpi turmush tarzining izchil chop etilishi yoshlar odob-axloqi, ijtimoiy dunyoqarashiga salbiy taʼsir qilishi shubhasiz ekanligini bildirgan.

Agentlikning yozishicha, "Oltin asr" jurnali mualliflik huquqi meʼyorlariga rioya qilmaslik, til qoidalarini qoʻpol ravishda buzish boʻyicha "rekordchi" nashrlardan biridir. Xususan, nashrning 1-sonida oʻndan ortiq material Oʻzbekiston milliy axborot agentligidan koʻchirilganu asl manbasi koʻrsatilmagan. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, prezident qaror, farmonlari nomi va normalarini buzib koʻrsatish holatlari boʻyicha ham "yetakchi" boʻlgan bu nashr sahifalarida sanoqsiz imloviy va uslubiy xatolarga yoʻl qoʻyilgan.

Bundan tashqari, jurnalda sondan-songa maqolalar sarlavhasi takrorlangan. Jurnal respublika miqyosidagi nashr hisoblanadi. Ammo unda chop etilayotgan bir qator maqolalarda material qaysi tuman yoki viloyatga mansubligi qayd etilmagan, mahalla yoki maktab nomi koʻrsatilgan xolos.

Jurnaldagi aksar maqolalarda meʼyoridan ziyod xushomad, madhu maqtovlar bayon etilgan, minnatdorliklar bildirilgan. Har bir sonida qariyb 10 dan ziyod maqolada qahramonlar nomidan "hojilik martabasiga ega boʻldim" deya oʻzini oʻzi maqtashga eʼtibor qaratilgan.

"Bunday holatlarni respublika teleradiokanallari faoliyatida ham kuzatish mumkin. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi "Denov-ATR", Buxoro viloyatidagi "Gʻijduvon-TV", Jizzax viloyatidagi "Jizzax TV2" telekanallari, Andijon viloyatidagi "Diydor FM" radiokanali, "Taraqqiyot" telekanali faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi "Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonuni, "Jurnalistik faoliyatni himoya qilish toʻgʻrisida"gi Qonuni 6-moddasi, "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida"gi Qonuni 5-moddasi doimiy qoʻpol ravishda buzib kelinayotgani mazkur ommaviy axborot vositalari faoliyatini qayta koʻrib chiqish vaqti keldi, degan xulosani uygʻotadi.

Nomlari keltirilgan tele va radiokanallar faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida"gi Qonunining soʻnggi yillar davomida qayta-qayta qoʻpol ravishda buzib kelinishi, Agentlik tomonidan yuborilayotgan ogohlantirishlar, taqdimnomalar kor qilmasligi, yoshlarga raqsbop tarona-yu, koʻngilochar filmlarni qoʻyib eshittirish, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish niqobi ostida madaniyatsizlikni targʻib qilish, shahvoniy tuygʻularga erk berish kabi holatlarga tomoshabin boʻlib qarab turib boʻlmaydi, albatta", deya taʼkidlanadi agentlik tomonidan.

Agentlikning maʼlum qilishicha, "obunachisiga pulini olib sifatsiz "mahsulot" berayotgan bunday gazeta-jurnallar, nashriyotlarning asl basharasini ochib tashlab, xalq hukmiga havola qilib" boriladi.

Mavzu:
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)

Asosiy mavzular