10:58 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)
242 0 0

Yoshlar simfonik orkestri uchun farmoyish ilovasiga muvofiq xorijdan olib kelinadigan tovarlar 2018 yil 31 dekabrgacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinadi

TOSHKENT, 5 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar simfonik orkestrini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida farmoyishga imzo chekdi.

"Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Toshkent shahar "Yoshlar ijod saroyi" nodavlat notijorat tashkilotining Yoshlar simfonik orkestri (keyingi oʻrinlarda Yoshlar simfonik orkestri deb yuritiladi) uchun ilovaga muvofiq tovarlarni xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin", deyiladi farmoyishda.

Hujjatga koʻra, farmoyish ilovasida koʻrsatilgan tovarlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining mablagʻlari hisobidan "Oʻzsanoateksport" aktsiyadorlik jamiyati orqali xorijdan xarid qilinadi.

Yoshlar simfonik orkestri uchun farmoyish ilovasiga muvofiq xorijdan olib kelinadigan tovarlar 2018 yil 31 dekabrgacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinadi.

Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda farmoyish ilovasida koʻrsatilgan roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatadi.

Farmoyishda ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan tovarlar maqsadsiz foydalanilgan taqdirda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanktsiyalarni qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undirilishi belgilab qoʻyildi.

Mazkur hujjat yoshlarning ijodiy faolligini qoʻllab-quvvatlash uchun zamonaviy talablarga javob beradigan qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mazkur masalalarga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan samarali foydalanish maqsadida qabul qilindi.

Mavzu:
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)

Asosiy mavzular