Patrushev: noqonuniy migratsiya - terrorchilik rivojlanishi uchun qulay muhit yaratmoqda

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishNikolay Patrushev
Nikolay Patrushev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, migrantlar tomonidan soxta hujjatlar ishlatish, soxta ro‘yxatdan o‘tish holatlari ko‘payayotganini qayd etildi.

TOShKENT, 7-avgust — Sputnik. Rossiya xavfsizlik Kengashi raisi Nikolay Patrushev RIA Novosti nashriga noqonuniy migratsiya miqdorini kamaymaganini xabar qildi.

Patrushev aytishiga qaraganda ayni damda Rossiyada chet el fuqarolari uchun qonuniy ishlash sharoitlari osonlashtirilgan, ijtimoiy va madaniy moslashuv uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan noqonuniy migratsiya miqdori sezilarli darajada kamaymagan.

"Hozircha jamiyat xavfsizligiga tahdid solayotgan, terrorchilar paydo bo‘lishiga, chegaralar aro jinoyatchilik rivojlanishiga hamda g‘ayriqonuniy iqtisodiy munosabatlar paydo bo‘lishi uchun qulay muhit bo‘lgan, noqonuniy migratsiya miqdorini sezilarli darajada kamaytirishning iloji bo‘lmadi", —  dedi Patrushev.

Xavfsizlik kengashi kotibi, shuningdek, migrantlar tomonidan soxta hujjatlar ishlatish, soxta ro‘yxatdan o‘tish holatlari ko‘payayotganini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0