Mirziyoyev kuch tizimlaridan jurnalistlarni tinch qo‘yishni talab qildi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovga ham shu yilning 1-avgust kuni Samarqand viloyati IIB podpolkovnigi mahalliy jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayevning faoliyatiga to‘sqinlik qilgani uchun e’tiroz bildirgan

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. nuz.uz sayti siyosatshunos Usmon Haqnazarovning "Mirziyoyev o‘zbek kuch tizimlaridan tanqidiy kayfiyatdagi jurnalistlarni tinch qo‘yishni talab qildi" sarlavhali maqolasini e’lon qildi.

Unda shu yilning 3-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at, adabiyot va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvidan Bosh prokuratura, MXX, IIV va TIV ishlar vazirligi rahbarlari bilan majlis o‘tkazgani haqida so‘z boradi.

Rahbarlarning tor tarkibi bilan yopiq majlis

Maqolada yozilishicha, Shavkat Mirziyoyev majlis qatnashchilariga murojaat qilib, yuqorida sanab o‘tilgan tashkilotlarning rahbarlari o‘zlarining xorijiy, muxolif va tanqidiy kayfiyatda bo‘lgan ommaviy axborot vositalari vakillariga bo‘lgan munosabatlarini tubdan o‘zgartirishlari lozimligini ta’kidlagan.

Dver s klyuchami - Sputnik O‘zbekiston
Ehtiyojmand va faol jurnalistlar imtiyozli asosda uy-joy bilan ta’minlanadi

"Xorijiy, muxolif va tanqidiy kayfiyatda bo‘lgan boshqa ommaviy axborot vositalari faoliyatiga nisbatan munosabatlarimizni tubdan qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish vaqti keldi. Ularning tanqid va kompromatga to‘la maqolalarini bizning kamchilik va muammolarimizni ko‘rsatib beruvchi ko‘zgu sifatida qabul qilishimiz kerak. Ular bizning mamlakatimizga tahdid solishmaydi, aksincha, muammolarni topish va bartaraf qilishga yordam berishadi. Men, masalan, mamlakatdagi haqiqiy ahvol haqida sizlarning hashamdor hisobotlaringizdan ko‘ra, "Ozodlik" radiosi, "Bi-Bi-Si" va ba’zi muxolifat saytlaridan, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardan bilaman. Shuning uchun har doim qaytaraman, sizlar meni alday olmaysizlar", – degan O‘zbekiston prezidenti.

Davlat rahbari MXX raisi Rustam Inoyatovdan "muxolif va tanqidiy kayfiyatdagi jurnalistlar, shuningdek umuman, boshqacha fikrlaydigan fuqarolar kiritiladigan har xil qora ro‘yxatlarni tuzishni bas qilishni" so‘ragan.

Mirziyoyev shuningdek, ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovga ham shu yilning 1-avgust kuni Samarqand viloyati IIB podpolkovnigi mahalliy jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayevning faoliyatiga to‘sqinlik qilgani uchun e’tiroz bildirgan.

O‘zbekistonda kirish imtihonlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda IIB podpolkovnigi jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik ko‘rsatdi

Yaqinda tashkil qilingan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbari Qahramon Quronboyev ham ittifoqning Surxondaryo viloyat bo‘limi Muzrobod tumanida qizlarning hijobini yechish tadbirini uyushtirgani uchun gap eshitgan. "Meni eshit, sening qizlarning ro‘molini yechishdan boshqa ishing yo‘qmi?! Ularni o‘z holiga qo‘y! Qanday xohlashsa, shunday yurishsin. Ijtimoiy tarmoqlarni o‘qi, odamlarning fikrini o‘qi. U yerda odamlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bu – ayollarning paranjisini yechgan sovet Komsomolining avlodi ekanligini yozishapti",- degan Mirziyoyev Q.Quronboyevga.

So‘z erkinligi mavzusiga qaytar ekan, Shavkat Mirziyoyev yopiq majlis qatnashchilaridan "jurnalistlarning hatto tuhmat va yolg‘on materiallariga ham toqat bilan yondashish"ni so‘ragan. "Jurnalistlar haqiqatni yozganmi yoki yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi. Lekin men tan olishim kerak-ki, xorijiy va muxolif ommaviy axborot vositalari ko‘p hollarda haqiqatni yozishmoqda va real muammolar haqida bong urishmoqda", – deya qo‘shimcha qilgan O‘zbekiston prezidenti.

So‘ngso‘z o‘rnida

Shu yilning 3-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yopiq majlisda prezident Mirziyoyev tomonidan qo‘yilgan talablar faqatgina ommaviy axborot vositalari haqidagi o‘zbek qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, O‘zbekistonda OAV faoliyatini haqiqiy erkinlashtirishga qaratilgan amaliy qadamlar qo‘yilganidan keyin hayotga tatbiq qilinishi mumkin.

Hozircha esa bu chiqishni prezident Mirziyoyevning haqiqiy so‘z erkinligi va oshkoralikka erishish yo‘lidagi shaxsiy tashabbusi sifatida ko‘rish mumkin.

Usmon HAQNAZAROV, siyosatshunos.

Yangiliklar lentasi
0