O‘sh shahri meri: ikki xalqni bir-biridan ajratmoqchi bo‘lganlar xato qiladi

© Sayt xokimiyata Andijanskoy oblastiV Andijan pribila delegatsiya s goroda Osh
V Andijan pribila delegatsiya s goroda Osh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijonda O‘sh shahar meri rahbarligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi

TOShKENT, 12-avgust — Sputnik. Andijonda O‘sh shahar meri rahbarligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Maktab binosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston O‘sh shahrida umumta’lim maktabini quradi

Mehmonlar dastlab Xo‘jaobod tumanida yaqinda foydalanishga topshirilgan "Toshkent vino kombinati" aksiyadorlik jamiyati, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va "Navigul" qo‘shma korxonasi hamkorligidagi "FRIUT INDUSTRIES" qo‘shma korxonasida bo‘ldilar. Bu yerda tashkil etilgan zamonaviy texnologiyalar asosidagi issiqxona, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, quritish, saqlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Andijon shahridagi ilk tashrif "Andijonavtotexxizmat" yopiq aksiyadorlik jamiyatiga bo‘ldi.

"Andijonavtotexxizmat" avtosaloni hamda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘tgan o‘zaro suhbatlar bolalardagi kasalliklarni erta aniqlash va davolash mavzusida bo‘ldi.

Andijon shahrida olib borilayotgan obodonlashtirish, qurilish ishlari bilan tanishish asnosida mehmonlar Andijon shahri Yoyilma mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.

Andijon shahri M.Musayev ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binolari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ham mehmonlar e’tiboridan chetda qolmadi.

— Ikki xalqni bir-biridan ajratmoqchi bo‘lganlar xato qiladi,-dedi O‘sh shahar meri Ayshmamat Qadirbayev. — Bizni urf-odatlarimiz, tilimiz, dinimiz, xatto qabristonlarimiz ham bir. Bundan keyingi do‘stona munosabatlarimiz yanada rivojlanib boraveradi. Buning uchun davlatlarimiz rahbarlariga minnatdorchilik bildiramiz.

Yangiliklar lentasi
0