Tojikiston O‘zbekiston bilan chegarada yirik harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi

© SputnikRossiysko-tadjikskie ucheniya na poligone Faxrabad
Rossiysko-tadjikskie ucheniya na poligone Faxrabad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
14-17 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan Tojikiston Mudofaa vazirligining So‘g‘d garnizoni o‘quv mashg‘ulotlariga 10ta jangovar aviatsiya, 200 bronetexnika va 70 artilleriya jalb etiladi

TOShKENT, 12-avgust — Sputnik. Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot markazi rahbari polkovnik Faridun Maxmadalizoda O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegara yaqinida So‘g‘d garnizonining yirik miqyosdagi o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Bolelshiki komandi armii Uzbekistana vo vremya konkursa otlichniki voyskovoy razvedki na Armeyskix mejdunarodnix Igrax-2017 - Sputnik O‘zbekiston
"Armi – 2017" tanlovida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik harbiylar kutib olindi

"14-17 avgust kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegara yaqinida Tojikiston Mudofaa vazirligi So‘g‘d garnizonining yirik miqyosdagi o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi, mashg‘ulotlarda shuningdek, butun So‘g‘d viloyatidagi kuchtizimlari xodimlari va zaxiradagi harbiylar ham qatnashadi", — dedi u.

Uning aytishicha, mashg‘ulotlar davomida hududiy mudofaani tashkil etish masalalari, milliy armiyaning zaxiradagi xizmatchilari malakasini oshirish hamda So‘g‘d garnizoni va viloyat harbiy tuzilmalarining hududga bostirib kirgan terrorchilarga qarshi o‘zaro harakatlari ishlab chiqiladi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Maxmadalizodaning ma’lum qilishicha, o‘quv mashg‘ulotlariga 10ta jangovar aviatsiya, 200ta bronetexnika, 70ta artilleriya va 450ta harbiy avtomobil jalb etiladi. Harbiy mashg‘ulotlarga Tojikiston mudofaa vaziri general-leytenant Sherali Mirzo boshchilik qiladi.

Yangiliklar lentasi
0