Markaziy bank 50 ming so‘mlik pulning muomalaga chiqarilishi bo‘yicha sharh berdi

© uz.24Sentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bankning bildirishicha, muomalaga yirik banknotlarning chiqarilishi iqtisodiyotdagi pul massasining o‘zgarishiga olib kelmaydi hamda inflyatsiya darajasi va narxlar barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi

TOShKENT, 16-avgust — Sputnik. Muomalaga yirik banknotlarning chiqarilishi iqtisodiyotdagi pul massasining o‘zgarishiga olib kelmaydi hamda inflyatsiya darajasi va narxlar barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qildi.

Sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avgustda 50 ming so‘mlik muomalaga chiqadi

Markaziy bank saytida e’lon qilingan sharhda aytilishicha, milliy valyutaning 50000 so‘m qiymatdagi banknotini muomalaga kiritish respublikada so‘nggi yillarda o‘rtacha ish haqi miqdorining oshib borishi hamda aholiga ish haqi, pensiya va nafaqalarni to‘lashda, shuningdek naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirildi.

Bankning bildirishicha, muomalaga yirik banknotlarning chiqarilishi iqtisodiyotdagi pul massasining o‘zgarishiga olib kelmaydi hamda inflyatsiya darajasi va narxlar barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Shuningdek, mazkur amaliyot naqd puldagi hisob-kitoblarni ixchamlashtirish, naqd pulni tashish, yetkazish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar va noqulayliklarni kamaytirish hamda bankomatlar orqali aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank boshqaruvining tegishli qaroriga asosan 50 ming so‘mlik banknotlar shu yilning 22-avgustidan muomalaga chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0