08:27 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
22457455

Bundan buyon IIV akademiyasiga abituriyentlar maxsus professional tanlov va shaxsiy suhbat orqali qabul qilinadi.

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Oʻzbekiston IIV akademiyasi kelasi oʻquv yilidan boshlab, talabalarni kirish imtihonisiz maxsus professional sinov va suhbat asosida qabul qilinadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekiston prezidenti tomonidan bugun tasdiqlangan, ichki ishlar organlari xodimlarining tayyorlov tizimini takomillashtirishga qaratilgan choralar doirasida amalga oshirilmoqda.

Bundan buyon IIV Akademiyasida oʻqish muddati uch yilni tashkil qiladi. Talabalarga stipendiya beriladi va moddiy taʼminlanadi.

Kelajakda uch yildan ortiq xizmat faoliyati oʻtayotgan xodimlar uchun oʻqishning sirtqi shakli ham kiritiladi. Oʻqishning bunday shakli 4 yillik boʻladi. Oliy maʼlumotli xodimlar uchun sirtqi taʼlim uch yillik boʻlib, toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Akademiyada olingan oliy taʼlim magistr darajasiga tenglashtiriladi. Kunduzgi boʻlimga 600 nafar va sirtqi boʻlimga 200 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.

Akademiyada qoʻshimcha tartibda Chet tillari kursi, pedagoglar tayyorlov kursi va ilmiy-amaliy izlanishlar markazi tashkil qilinadi.

Shuningdek respublikadagi bir necha litsey va kollejlar IIB akademiyasi otaligʻiga olinadi va u yerda oʻquvchilar Akademiyaga kirishga chuqurlashtirilgan tayyorlovdan oʻtishadi.

Bunday litseylarga qabul IIV kvotalariga koʻra tanlov asosida amalga oshiriladi. 2020/2021 oʻquv yillaridan boshlab IIB Akademiyasiga faqat IIVga taaluqli boʻlgan litseylar bitiruvchilari hamda IIB xodimlari qabul qilinadi.

IIV litseylari bitiruvchilariga Harbiy-texnik instituti va Yongʻin xavfsizligi institutiga kirishda olingan baliga, maksimal balning 10% miqdorida qoʻshimcha imtiyoz bali beriladi.

Undan tashqari bunday litsey bitiruvchilari IIB Akademiyasi, Harbiy-texnik yoki Yongʻin xavfsizligi institutlariga kira olmagan taqdirda, ularga IIBga ishga joylashishda imtiyoz beriladi.

Shuningdek, Akademiyada yetakchi xorijiy tajriba asosida vaziyatlar poligoni va modellashtirish markazi quriladi. 2018 yilning 1 sentyabridan boshlab IIB xodimlarini masofadan turib oʻqitish tajribasi qoʻllanila boshlaydi.

Asosiy mavzular