Moskvada mehnat migrantlari uchun "shaxsiy kabinet" xizmati ishga tushdi

© Sputnik / Denis Grishkin / Mediabankka o‘tishPosetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Migratsiya markazida ishag tushgan "shaxsiy kabinet" xizmati orqali migrantlar patent to‘ylovlari va amal qilish muddati haqidagi ma’lumotlarni bilib olishlari mumkin.

TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Bugundan boshlab Moskva Ko‘p funksiyali migratsiya markazining rasmiy saytida mehnat migrantlari uchun "shaxsiy kabinet" xizmati ishga tushdi, deb xabar qilmoqda Moskva Iqtisodiy rivojlanish departamenti matbuot xizmati.

Yangi onlayn xizmat   chet el fuqarolariga on-layn tartibda patentning amal qilish muddati, amalga oshirilgan to‘lovlarini nazorat qilib turish imkonini beradi. "Shaxsiy kabinet"ga kirish uchun login va parolllar patentga ariza topshirish vaqtida beriladi.

"Foydalanuvchi topshirilgan hujjatlar ro‘yxati va to‘lovlar jadvali bilan on-layn tartibda tanishishi mumkin", — deyilgan Moskva Iqtisodiy rivojlanish departamenti xabarida.

Undan tashqari shaxsiy kabinetda Migratsiya markaziga bo‘lgan murojaatlar tarixi, SMS xabarlar tarixi bilan tanishi va kerak bo‘lganda o‘z telefon raqamini o‘zgartirish mumkin.

Moskvadagi migratsiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi mehnat migrantlari shaxsiy kabinetlariga ega bo‘ladi

Shuningdek yangi xizmat patent to‘lovi amalga oshirishda to‘lov pattasida xatolikka yo‘l qo‘yishning oldini oladi, chunki to‘lov pattalarida foydalanuvchining ismi sharifi avtomatik ravishda to‘ldiriladi. Migrant faqat to‘lov davrini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

"Shaxsiy kabinet" xizmati migrantlarga Migratsiya markazi va Rossiya IIVdan kerakli ma’lumotlarni tezkor olish imkonini beradi. Shuningdek u yerda elektron navbatda turish, QR-kod orqali o‘tish va SMS ogohlantirish xizmatlari ham ishlaydi.

Moskva Migratsiya markazi sahifasida (mc.mos.ru) bir necha onlayn xizmatlar ishlab turibdi.  Xususan, INN raqamini bilib olish, patent to‘lovi uchun kvitansiya chiqarib olish kabi xizmatlar mavjud.

Toshkent-Moskva poyezdida kelgan yo‘lovchilar - Sputnik O‘zbekiston
Patent uchun to‘lov kamaytirilishi shart - migrant ishchilar kasaba uyushmasi

Markazda shuningdek bir necha kutish zallari, ona va bola xonasi, bufet va uyali aloqa saloni xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirishda kerak bo‘ladigan suratga tushish va notarius xizmatlari ham bor.

Umumiy hisobda Migratsiya markazining ish faoliyati patent olish uchun imkon qadar qulay darajada tashkil qilingan. Bugungi kunda migrantlar patent olishi uchun Migratsiya markaziga ikki marotaba boradi xolos: birinchi bor ariza va hujjatlar topshirishga, ikkinchi bor — tayyor patentni olishga.

Eslatib o‘tamiz, Migratsiya markazida MDH mamlakatlari fuqarolari uchun "mehnat birjasi" xizmati ham bor. U yerda ish qidirayotgan migrantlar haqida ma’lumotlar jamlanib, shaharda mehnat kuchiga ehtiyoj bo‘lgan tashkilotlarga yuboriladi.

2016 yilda Moskva Migratsiya markazi xizmatlaridan 500 mingdan ortiq kishi foydalangan.

Yangiliklar lentasi
0