16:28 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
138320

Kelin-kuyovlar sayr qilishi mumkin boʻlgan maydonlar soni qatʼiy belgilab qoʻyildi

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Qoraqarpogʻistonda kelin-kuyovlar sayri qilishi mumkin boʻlgan maydonlar aniq belgilab qoʻyildi. Bundan tashqari, toʻy korteji tarkibida boʻladigan avtomobillar soni ham qisqartirildi, deb xabar qilmoqda Qoraqalpogʻiston axborot agentligi.

Kelin-kuyovlar endilikda faqatgina "Motamsaro ona", "Mirzo Ulugʻbek", "Ajiniyaz" va "Istiqlol" bolalar dam olish markazida, shuningdek shahardagi FHDYO hududlarida sayr qilishlari mumkinligi belgilab qoʻyildi.

Toʻy kortejidagi avtomobillar soni, kelin-kuyov oʻtirgan mashina bilan birga qoʻshib sanaganda 5tadan oshmasligi lozim.

Nukus shahri hokimi mahallalarda tashqiqot ishlarini olib borish toʻgʻrisida qaror eʼlon qilgan.

Bundan tashqari, toʻy avtomobillari ishtirokida YTHlar sodir boʻlishini oldini olish hamda mast holatda avtomobil boshqarilmasligini qatʼiy nazorat qilish maqsadida shahar boʻylab maxsus reydlar amalga oshirilishi belgilangan.

Asosiy mavzular