Amerikaliklar Jorj Sorosni terrorchi deb tan olishni so‘rashmoqda

© REUTERS / Luke MacGregorMultimilliarder Djordj Soros
Multimilliarder Djordj Soros - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yetmish mingdan ortiq amerikaliklar Donald Trampga maktub yo‘llab, Jorj Sorosni terrorchi deb tan olishni so‘rashmoqda.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Amerikada 70 mingdan ortiq fuqaro Jorj Sorosni terrorchi deb tan olishni so‘rab Donald Trampga murojaat qildi, Ria Novosti xabariga asosan.

So‘rovnoma matnida aytilishiga ko‘ra, Jorj Soros va uning fondlari doimiy ravishda Amerika Qo‘shma shtatlaridagi vaziyatni beqaror qilishga, amerika fuqarolariga qarshi tajovuzkor harakatlar uyushtirishga harakat qilgan.  

"AQSh hukumati va Adliya vazirligi  Jorj Soros va uning barcha tashkilotlarini terrorchilar deb atashi va qonun doirasida ularning mol-mulkini musodara qilish kerak", — deyilgan so‘rovnoma matnida.

Jordj Soros — amerikalik moliyachi va sarmoyador. Uning faoliyatiga dunyoning turli mamlakatlarida turlicha nazar bilan qarashmoqda.  U haqida ko‘proq "moliyaviy chayqovchi" ma’nosida gapirilmoqda. Sorosning Quantum xedj-fondi 40-yillik faoliyat davomida 35 milliard dollar mablag‘ ishlab olgan. Ko‘p hollarda ushbu mablag‘lar iqtisodda sun’iy uyushtirilgan krizislar yoki "rangli revolyutsiyalar" natijasida ishlab olingan.

Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Medvedev Ukraina hukumatini “tovlamachilar” deb atadi

Masalan Jorj Soros 1992-yilda "qora chorshanba" tashkil qilishda ishtirok etgan. O‘shanda bir kunda Angliya funtining Germaniya markasiga nisbatan kursi keskin tushib ketgan va buni oldindan bilgan Soros esa bir kun ichida milliard dollar daromad ishlab olgan.

Soros shu kabi operatsiyalarni bir necha marotaba amalga oshirishda ayblanmoqda. Oxirga marta AQShda yuz bergan ipoteka krizisida ham Soros 1 milliardga yaqin mablag‘ ishlab olgani xabar  qilinmoqda.

Eng achinarlisi, moliyachi foyda ko‘rish maqsadida dunyoning bir necha mamlakatlarida "rangli inqilob "lar tashkil qilib, minglab odamlarning umriga zomin bo‘lgan va shunday yo‘l bilan o‘z boyliklari oshirishdan ham toymagan.

Xususan, Jorj Sorosning o‘zi ham Ukrainada 2004-yildagi "Oranjevaya revolyutsiya" va 2014-yildagi davlat to‘ntarishi uning pullari evaziga amalga oshirilganini rad etmaydi.

Ushbu so‘rovnoma (petitsiya) Oq uy tomonidan rasman ko‘rib chiqilishi uchun uni 19-sentabrga qadar 100 mingdan ortiq kishi imzolashi kerak. Ayni damda uni 70 ming 500 kishi imzolagan.

Yangiliklar lentasi
0