18:46 27 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Pogranichniki na slujbe

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston orasida 20% belgilanmagan chegara qoldi

Pogranslujba KNB Kazaxstana
Jamiyat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)
440 0 0

Oʻzbek-qirgʻiz chegarani demarkatsiya va delimitatsiya qilish komissiyalarining saʼy-harakatlari bilan umumiy chegaraning 1170 km masofasi belgilab olindi.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Bir yil davomida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaraning 1170 km masofasini belgilab olishdi. Endi 20% belgilanmagan chegara qoldi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Qirgʻiziston prezidenti maslahatchisi Ayzada Subakojoyeva aytishiga qaraganda, bunday muvaffaqiyat Almazbek Atambayevning Shavkat Mirziyoyev bilan Samarqandda boʻlib oʻtgan uchrashuvining natijasidir. Oʻsha uchrashuvda ikki mamlakat rahbari hukumatlar oldida chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish maslasini qoʻygan. Oʻshandan buyon ikki respublika vakillari 16 marta uchrashgan.

"Oʻzbek-qirgʻiz chegarasining 80% demarkatsiya qilingan. Belgilanmagan 217 km masofa qoldi. Mirziyoyevning Qirgʻizistonga boʻlajak tashrifi davomida chegara haqida bitim tuziladi. Shundan soʻng chegaraning qolgan qismini delimitatsiya va demarkatsiya qilish davom etkiziladi", — dedi Subakojoyeva.

Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi 5-6 sentyabrda boʻlib oʻtadi. Tashrif davomida Oʻzbekiston prezidenti Almazbekom Atambayevыm va bosh vazir Sapar Isakov bilan uchrashadi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)

Asosiy mavzular