Almazbek Atambayev "Manas" aeroportida Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi

© Ofitsialniy sayt prezidenta KirgizstanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Kirgizstan s gosudarstvennim vizitom
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Kirgizstan s gosudarstvennim vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Manas" aeroportida Shavkat Mirziyoyevni ikki davlat madhiyalari sadolari ostida Almazbek Atambayev kutib oldi

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5-sentabr kuni Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan keldi.

"Manas"xalqaro aeroportida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev tomonidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Flagi Kirgizstana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
"Qirg‘iz - o‘zbek": ikki davlatning "yangi" munosabatlari haqida

Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari davlat bayroqlari ko‘tarildi, Faxriy qorovul saf tortdi, ikki davlat madhiyalari yangradi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.

Davlat tashrifi doirasida Almazbek Atambayev va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatlarni aks ettiruvchi keng qamrovli masalalar yuzasidan fikr almashadilar, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Muzokaralar yakunida prezident Almazbek Atambayev va prezident Shavkat Mirziyoyev qator ikki tomonlama hujjatlar imzolash marosimida ishtirok etadilar hamda OAV uchun bayonot beradilar.

Yangiliklar lentasi
0