05:43 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Atambayev Mirziyoyev tashrifi haqida: bu tashrif - xalqlarimiz uchun tarixiy voqea

© Ofitsialnыy sayt prezidenta Kыrgыzstana
Jamiyat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)
62340

5-6 sentyabr kunlari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi boʻlib oʻtadi

TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Tashrif doirasida "Ala-Archa" davlat qarorgohida Oʻzbekiston rahbarining Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Birinchi boʻlib Atambayev soʻzga chiqdi. U mazkur tashrifni ikki mamlakat ahli 25 yil kutganligini aytdi.

"Ishonchim komil va soxta kamtarliklarsiz eʼtirof etishni istardim, bu tashrif — xalqlarimiz uchun tarixiy voqea. Oʻylaymanki, bugungi tashrif koʻplab muammolarga barham beradi va ikki qardosh xalq munosabatlarida yangi davrni ochib beradi", — dedi Atambayev.

Oʻzbekiston prezidenti "ushbu tarixiy kun tezroq kelishi uchun imkon boricha harakat qilinganligini" bildirdi.

"Oʻtgan 20-25 yil davomida yetarlicha hal qilinmagan koʻplab muammolar mavjud edi. Samarqanddagi uchrashuvimiz ruhi yangi oʻzaro munosabatlarimizga asos soldi, biz hamkorlik qilishni, suhbatlashishni boshladik ", — dedi Mirziyoyev.

U Oʻsh va Andijon viloyatlari delegatsiyalarining tashrif almashuvlari oʻzbekistonliklar uchun oʻziga xos bayram sifatida qarshi olinganligini eʼtirof etdi.

"Barchasini joy-joyiga qoʻymasak, tarix bizni kechirmasdi. Chingiz Aytmatov aytganidek, biz bir tilda gaplashamiz va qonimiz ham bir, shu bois bu ishni amalga oshirishimiz darkor. Bizning strategiyamiz qoʻshnilar bilan yaqin boʻlishdir. Qirgʻiziston bizning strategik hamkorimiz hisoblanadi. Shunday ish qilaylikki, tarix oldida munosib javob bera olaylik", — qayd etdi Mirziyoyev.

Prezident hali hech qachon Oʻzbekiston delegatsiyasi bunday tarkib, xususan, toʻrt nafar hokim bilan tashrif buyurmaganligini aytdi.

"Men oʻzaro uchrashish masalasini hokimlar oʻzlari hal qilishlarini, uchrashaylikmi-yoʻqmi deya markazdan soʻramasliklarini chin dildan istayman. Shuningdek, xalq diplomatiyasi ham muhim ahamiyatga ega — parlamentlar uchrashishlari lozim. Shunday qilmasak, qator yoʻnalishlar boʻyicha soatlarni toʻgʻrilash vaqti kelganida kech qolamiz", — dedi Mirziyoyev.

Oʻzbekiston rahbari Bishkekda boʻlib oʻtgan biznes-forum davomida har ikki mamlakat tadbirkorlari hamkorlik qilish istagini bildirishganini, ularga toʻsiq qoʻymaslik kerakligini qayd etdi.

"Bizga bahoni faqatgina xalq beradi. Men ajdodlarimiz boshlab bergan tarix boʻyicha yashay boshlashimizni istayman. Bir-birimizsiz xalqlarimiz oldimizga qoʻygan marralarni egallay olmaymiz. Birgalikda, tinch va oʻzaro hurmat bilan hayotdagi maqsadlarga erishish kerak", — dedi Oʻzbekiston prezidenti, deb yozadi Sputnik Qirgʻiziston.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)

Asosiy mavzular