18:23 18 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Otkrыtiye KPP Dostuk na granitse Kыrgыzstan-Uzbekistan

Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi "Doʻstlik" punkti ochildi: telegrammalarga hojat qolmadi

Facebook
Jamiyat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)
175530

Endilikda chegara oʻtkazuv punkti soddalashtirilgan rejimda ishlaydi - qarindoshini toʻyga chaqirish uchun telegramma joʻnatish shart boʻlmaydi.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasidagi "Doʻstlik" chegara oʻtkazuv punktining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda AKIpress xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, ochilish marosimida chegaraganing har ikki tomoniga bir necha ming kishi yigʻilgan.

Chegara oʻtkazuv punktining ochilish marosimida ikki mamlakat hukumatlari vakillari, Oʻsh va Andijon viloyatlari rahbarlari qatnashishgan. Rasmiy qismdan soʻng Qirgʻiziston va Oʻzbekiston delegatsiyalari chegaraning oʻzbek qismiga oʻtishgan. Ikki davlat oqsoqollari "doʻstligimiz abadiy boʻlsin" deya duo qilganlaridan soʻng qoʻy qurbonlik qilingan va oʻzbek-qirgʻiz ahli ishtirokida katta bayram tadbiri boʻlib oʻtgan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga tashrifi davomida ikki mamlakat prezidentlari oʻtkazuv punktini ochishga kelishib olishgandi.

Eslatib oʻtamiz, "Doʻstlik" chegara oʻtkazuv punkti Oʻzbekistonning Andijon va Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatlari oʻrtasida joylashgan boʻlib, ilgari har ikki mamlakat fuqarolari toʻy, motam yoki boshqa marosimlarga kelishlari uchun ulardan taklif qiluvchining telegrammasi talab qilinardi. Rasmiylar endi bunday telegrammalarga hojat yoʻqligini bildirishgan.

Endilikda chegara oʻtkazuv punkti soddalashtirilgan rejimda ishlaydi — qarindoshini toʻyga chaqirish uchun telegramma joʻnatish shart boʻlmaydi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)

Asosiy mavzular