"Mir Arab" oliy madrasasida kelajakda xorijlik musulmonlarga ham ta’lim beriladi

© Sputnik / Vladimir Rodionov / Mediabankka o‘tishVnutrenniy dvor medrese Mir-Arab
Vnutrenniy dvor medrese Mir-Arab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mir Arab oliy madrasasiga qabul qilingan talabalar uchun dastlabki dars mashg‘ulotlari 4-sentabr kuni boshlandi

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Mir Arab oliy madrasasiga qabul qilingan talabalar uchun dastlabki dars mashg‘ulotlari 4-sentabr kuni Bahouddin Naqshband majmuasida joylashgan Mir Arab oliy madrasasi binosida boshlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Kecha oliy madrasaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkentdagi Islom sivilizatsiya markazi direktori Sh. Minovarov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari O‘.Hasanboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudiri v.b. A. Do‘smatov, Buxoro viloyati hokimi O‘. Barnoyev, davlat hamda nodavlat tashkilotlar vakillari va talabalarning ota-onalari qatnashdilar.

Shafig Pshixachev - Sputnik O‘zbekiston
Pshixachev: Mir Arab madrasasi MDH musulmonlarini birlashtirishi mumkin

Tadbirda Mir Arab oliy madrasasining oldingi maqomi yana o‘ziga qaytarilganligi, bu oliygoh orqali, avvalo, xalqning diniy saviyasi ko‘tarilishi, kelajakda mazkur dargohda xorijiy mamlakatlardan taklif bilan chiqqan mo‘min-musulmonlarga ham ta’lim berilishi to‘g‘risida alohida ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida Qur’on tilovat qilindi va davlat ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi, yangi ochilgan oliy madrasa faoliyati borasida duoyi xayrlar qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Buxoro viloyatida Mir Arab oliy madrasasini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi. Tadbirlarning birida prezident islom bilim yurtlari haqida shunday so‘zlarni aytgan edi: "Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashda bu ilm dargohlari tayanch bo‘lib xizmat qiladi".

Yangiliklar lentasi
0