Britaniyaning Lester universiteti Toshkentda oliy maktabini ochadi

© AFP 2023 / Fabrice CoffriniBritanskiy flag na fone Big-Bena v Londone
Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga Lester universitetining prorektori Sara Dikson boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligida Lester universitetining prorektori Sara Dikson boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi. Bu haqda TIV Axborot xizmati xabar berdi.

Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Diplomatiya universiteti MGIMO bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Vazirlikda Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan Lester universitetining O‘zbekiston ta’lim muassasalari bilan O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarini mustahkamlash doirasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan batafsil suhbat bo‘lib o‘tdi.

Sara Dikson 2017-yil 3-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan imzolangan JIDU qoshida Lester Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabini yaratish haqidagi hamkorlik Memorandumi haqida so‘zlab berdi. Ushbu xujjatda turli sohalarda birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishda, jumladan, Lester universiteti bilan O‘zbekistonning boshqa universitetlari o‘rtasida aloqalarni kengaytirishga tomonlarda qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0