Kecha yangi iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X taqdimoti bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishStart prodaj iPhone 7 i iPhone 7 Plus
Start prodaj iPhone 7 i iPhone 7 Plus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Apple Park dagi Steve Jobs Theater zalida iPhone 8, iPhone 8 Plus i iPhone X taqdimoti bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Taqdimotda yangi smartfon Apple iPhone Xning odam yuzi bo‘yicha aniqlash funksiyasi ishlamay qoldi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Federini smartfonning yangi Face ID funksiyasi ishini namoyish qilmoqchi bo‘ldi. Lekin smartfon uni tanimadi va blokirovkadan yechish uchun parol terishni talab qildi.

"Yana bir bor harakat qilib ko‘ramiz…. oho-oho… qo‘shimcha telefonga o‘tamiz", — deb Federini stolda turgan boshqa apparatni qo‘lga oldi va bir urinishda uni blokdan chiqardi.

Rossiyaga iPhone 8 va 8 Plus 22-sentabrda kelishi rejalashtirilgan. Oldindan buyurtmalar 15-sentabrda qabul qilinadi. iPhone 8 64 gigabaytli 56 990 rubl (Rossiya MB kursi — 995 $) va iPhone X boshlang‘ich narxi 79 990 rubl (Rossiya MB kursi — 1397 $)ni tashkil qiladi.

Yangi smartfonlar 3-noyabrdan sotuvga chiqadi.

Yangiliklar lentasi
0