Ucell abonentlarga qulay bo‘lishi uchun 35 tiyindan voz kechdi

© PixabayMobilniy telefon v ruke
Mobilniy telefon v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalgi to‘lovlar 1 dollar uchun 4210,35 so‘m kursida amalga oshirilgan bo‘lib, kompaniya kurs narxidan 35 tiyinni olib tashlagan

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Ucell uyali aloqa operatori barcha to‘lovlarni yaxlitlashtirilgan kursda amalga oshirishini ma’lum qildi.

Boing 767 - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" xalqaro yo‘nalishlarga chiptalar narxini arzonlashtirapti

"Tariflar va xizmatlar narxlarida hisob-kitoblarni yanada qulayroq qilish uchun 2017-yilning 13-sentabridan Ucell barcha to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida qayd qilingan va pasaytirilib yaxlitlashtirilgan kursda amalga oshiradi: 1 AQSh dollari 4210 (to‘rt ming ikki yuz o‘n) so‘m", deyiladi kompaniya xabarida.

Avvalgi to‘lovlar 1 dollar uchun 4210,35 so‘m kursida amalga oshirilgan bo‘lib, kompaniya kurs narxidan 35 tiyinni olib tashlagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5-sentabridan O‘zbekistonda erkin konvertatsiya joriy etilgan bo‘lib, barcha tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar faqatgina milliy valyuta — so‘mda amalga oshirilishi belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0