04:45 29 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
Jamiyat
Havola olish
516711

Shu kechayu-kunduzda Oʻzbekistonda 100 ming soʻmlik banknota chiqarilarmish degan gaplar yashin tezligida tarqalmoqda

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan OʻzEOAVMA Media Markazida tashkil etilgan brifingda 100 ming soʻmlik chiqarilishi bilan bogʻliq gap-soʻzlarga oydinlik kiritildi, deb xabar berdi "Darakchi" nashri.

Gap shundaki, 50 ming soʻmlik pul chiqarilgach, ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda 100 ming soʻmlik kupyura ham chiqariladi degan mish-mishlar tarqalib ketdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan OʻzEOAVMA Media Markazida tashkil etilgan brifingda ushbu gap-soʻzlarga oydinlik kiritilgan.

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Temur Ishmetov bu gap-soʻzlar mutlaqo asossizligini aytib, pul birligi chiqarilishi haqida biror qaror qabul qilinsa, albatta OAV orqali maʼlumot berilishini aytgan.

 

Asosiy mavzular