O‘zbekistonlik yoshlar Orolga ilmiy ekspeditsiyaga yo‘l oldilar

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishOblomki sudov v pustine, obrazovavsheysya na meste Aralskogo morya. Karakalpakiya. 1986 god.
Oblomki sudov v pustine, obrazovavsheysya na meste Aralskogo morya. Karakalpakiya. 1986 god. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda 17-20 sentabr kunlari oralig‘ida Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida yoshlar ilmiy ekspeditsiyasini amalga oshiradi

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik yoshlar Orolga ilmiy ekspeditsiyaga yo‘l oldilar.

Orolga safar "Taraqqiyot strategiyasi" va respublika Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkillatirilgan.

Kaxramon Kuronbayev - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar ittifoqi rahbar bo‘lishni istaydigan yoshlar uchun tanlov e’lon qildi
Xabarga ko‘ra, 25 nafar yosh olimlar Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida o‘z tadqiqotlarini olib boradilar.

Yoshlar uch jamoaga bo‘linadi. Birinchi guruh mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan o‘rgansa, ikkinchi guruh turistik marshrutlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi, tarkibida jurnalistlar va blogerlar bo‘lgan uchinchi guruh esa safar haqida o‘z foto- va videohisobotlarini tayyorlaydilar.

Ekspeditsiya yakuni bo‘yicha tabiatga yetkazilayotgan zararni minimallashtirish bo‘yicha qator takliflar bildirilib, hujjatli film yaratilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0