08:12 18 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Jamiyat
Havola olish
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)
72901

Birinchi prezident - Qirgʻiziston iqtisod va maorif tizimini olgʻa qadamlar bilan, revolyutsion uslubda rivojlantirish kerak, deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 19 sen — Sputnik.  Qirgʻiziston birinchi prezidenti Askar Akayev Sputnik studiyasi mehmoni boʻldi.

Sobiq prezidenti yaqinda oʻzining yangi kitobini nashrdan chiqardi.  Uning nomi "Qirgʻiziston tezkor rivojlanish strategiyasi" deb atalgan boʻlib unda 2033 yilda Qirgʻiziston qanday mamlakatga aylanishi mumkinligi haqida hikoya qilib berilgan. 

Asqar Akayevning fikriga koʻra, bugun dunyo globallashib bormoqda. Ilmiy-texnik yutuqlardan dunyoning istalgan nuqtasidan turib foydalanish mumkin, xoh u rivojlangan mamlakat xoh qoloq mamlakat hududi boʻlsin.

Birinchi prezident — Qirgʻizistonda birinchi navbatda iqtisod va maorif tizimini olgʻa qadamlar bilan, revolyutsion uslubda rivojlantirish kerak, deb hisoblaydi.

Bu borada Akayev Finlyandiyani misol qilib koʻrsatdi. Sobiq prezident aytishiga qaraganda, bir vaqtlar Yevropaning eng qoloq mamlakati boʻlgan Finlyandiya, faqatgina maorif tizimini keskin yaxshilash evaziga, bir avlod umiri davomida butunlay boshqa mamlakatga aylandi. Bugungi kunda Finlyandiya Yevropaning iqtisodiy va ijtimoiy tomondan eng rivojlangan  mamlakatlaridan biridir, finlarning taʼlim tizimi esa — dunyoda eng yaxshi deb tan olingan.

Shuningdek, Askar Akayev Qirgʻizistonda oktyabrda boʻlib oʻtadigan prezident saylovlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda oktyabrda boʻlib oʻtadigan saylovlarda 13ta nomzod roʻyxatdan oʻtgan, ulardan uch nafari yetakchilik qilmoqda.  Qirgʻiziston Konstitutsiyasiga koʻra, prezident 6 yilga saylanadi va qayta saylovda ishtirok eta olmaydi.

Akayev prezident saylovida shunday kuchli raqobat borligini juda yaxshi deb baholadi.

"Shunday kuchli raqobat borligi bu yaxshi, bu xalq uchun tanlov imkoniyati bor degani. Bu juda yaxshi. Ikkinchidan, yetakchi nomzodlarning uch nafari sobiq bosh vazir lavozimida ishlagani ham juda yaxshi. Demak ular boshqaruvchilik tajribasi bor va ular prezident boʻlishga tayyor", — dedi Askar Akayev.

Qirgʻiziston birinchi prezidentining fikriga koʻra, kollektiv aql toʻgʻri qaror qabul qilishga qodir va u mamlakat uchun eng kerak boʻlgan prezidenti tanlaydi.

Bugungi kundan Qirgʻizistonning eng asosiy muammolari nimada?

1. Populist-siyosatchilar koʻpligi. Qirgʻizistonda ayrim siyosatchilar, amalga oshirib boʻlmaydigan ishlarni vaʼda berishadi. Odamlar esa ularga ishonishadi va ovoz berishadi, natijada — eski hammom, eski tos.  Ushbu saylovda umid qilamanki Qirgʻizistonga realist-siyosatchi prezident boʻladi va xalqni barcha qiyinchiliklarni mehnat va ter toʻkish bilan yengishga chaqiradi. Bizga real-poltiklar kerak.

2. Jamiyatning islomlashib ketishi 

Qirgʻizistonda hayotining barcha jabhalarida islomlashish jarayoni chuqurlashib bormoqda. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Qirgʻiziston xalqi har doim liberal islomga eʼtiqod qilgan. Qirgʻiz ayollari hatto feodal jamiyatda ham paranji kiymagan. Bugun esa, Bishkekda har uch ayoldan biri paranjida yurar ekan. Men sogʻlom islom tarafdoriman, radikallashuvga qarshiman. Chunki bu yaxshilikka olib kelmaydi. Umid qilamanki, yangi prezident mamlakatni dunyoviy yoʻldan olib boradi. Radikal islom gʻoyalari hayotni qamrab olishiga yoʻl qoʻymaydi.

3. Jamiyatning tarqoqligi. Davlatda tarqoqlikka qarshi kurashish lozim. Oʻn yil prezidentlik davrimda  janub va shimolni birlashtirishni oʻzimning asosiy vazifam deb bilganman. Oxirgi paytlar nafaqat siyosiy elitada, xalq orasida ham boʻlinishni his qilayapman. Bu xavfli.

Agar biz mana shu uch muammoni yengib oʻta olsak Qirgʻiziston erkin va tez rivojlanishi yoʻliga kirishi mumkin, dedi Askar Akayev.

Eslatib oʻtamiz, Askar Akayev 1990-2005 yillardar Qirgʻiziston prezidenti, Texnik fanlar nomzodi va MGU oʻqituvchisi.

Mavzu:
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)

Asosiy mavzular