AQSh kompaniyalari O‘zbekistonda qator loyihalarni amalga oshiradi

© Press slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan vstretilsya s predstavitelyami delovix krugov Ameriki
Prezident Respubliki Uzbekistan vstretilsya s predstavitelyami delovix krugov Ameriki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika - O‘zbekiston savdo palatasi vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlikda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanini tasdiqladi

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev AQShga tashrif buyuradi

Uchrashuvda Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, "Jeneral Elektrik" kompaniyasi prezidenti Ron Polett, "Xanivell" kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Rajiv Gautam, "SiEnEych Indastrial" kompaniyasi vitse-prezidenti Stiven Naderni, "Dir end Kompani" kompaniyasi prezidenti Jeyms Fild ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Kerolin Lemm bilan suhbatda O‘zbekistonda Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilinganini, mazkur hujjat davlat boshqaruvining yangi, samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratish, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uyg‘un faoliyatini tashkil etishga xizmat qilishini qayd etdi.

Respublikada valyuta sohasida bozor mexanizmlari joriy etilgani, savdodagi turli to‘siqlar olib tashlangani, ishbilarmonlik va investitsiya muhiti yanada yaxshilanayotgani alohida ta’kidlandi.

Ron Polett bilan muloqotda O‘zbekiston bilan "Jeneral Elektrik" kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, 2018-2025 yillarda O‘zbekiston gaz transporti tizimini texnik yangilash, modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini amalga oshirish taklif qilindi. O‘zbekistonda gidroelektr stansiyalari qurish, zamonaviy tibbiy uskunalar va yoritish moslamalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
TIVda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi

Stiven Naderni bilan suhbatda "SiEnEych Indastrial" kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda o‘rim-yig‘im, melioratsiya va yo‘l qurilishida qo‘llaniladigan, gazda ishlaydigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari e’tibor markazida bo‘ldi.

"Xanivell" kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Rajiv Gautam bilan suhbatda o‘zaro hamkorlikda neft-kimyo va energetika sohalarida yuqori texnologiyali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, aviatsiya uskunalarini yetkazib berish borasida fikr almashildi.

Jeyms Fild bilan muloqot chog‘ida "Dir end Kompani" kompaniyasi bilan aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi. Xususan, respublikada meva-sabzavotchilik va uzumchilikda qo‘llaniladigan traktor va maxsus texnika vositalari ishlab chiqarish, ularning ehtiyot qismlari tayyorlashni mahalliylashtirish, sohaga ixtisoslashgan trening markazi tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston — AQSh biznes-forumi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qilish va o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishishda katta voqea bo‘lishini ta’kidladi.

Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlikda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0