11:21 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
211 0 0

Vazirlar Mahkamasi "Davlat tibbiyot tashkilotlarini va respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga doir dolzarb chora-tadbirlar toʻgʻrisida" qaror qabul qildi

TOSHKENT, 26 sen — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligiga 15 kun ichida vazirlikning asoslangan arizalari boʻyicha transh tarzida ochiladigan 300 milliard soʻm miqdorida foizsiz byudjet ssudasi beriladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston ombudsmani sayti.

Xabarda aytilishicha, zarurat tugʻilgan taqdirda yil oxirigacha vazirlikka davlat tibbiyot tashkilotlariga markazlashtirilgan tartibda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilishi uchun 240 milliard soʻm miqdorida qoʻshimcha byudjet mablagʻlari ajratiladi.

Oʻz navbatida, Sogʻliqni saqlash vazirligi "Oʻzmedeksport" ustav fondiga hissa tarzida 3 milliard soʻm ajratadi.

Kompaniya tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan preparatlarni sotish cheklangan savdo ustamalarini qoʻllagan holda amalga oshirishi ham belgilab qoʻyildi: ulgurji sotish uchun xarid qilish qiymatining 15 foizi miqdorida, sogʻliqni saqlash vazirligining ijtimoiy dorixonalari orqali chakana sotish uchun ulgurji narxning 20 foizi miqdorida.

Mazkur qarorning qabul qilinishi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishga va narx-navoning oshishiga olib keluvchi omillarning shakllanishi yoʻl qoʻymaslikka xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular